Watford (toʻliq nomi Watford futbol klubi inglizcha: Watford Football Club — inglizcha talaffuzi: /ˈwɒtfərd 'futbɔ:l klʌb/) — Angliyaning professional futbol klubi boʻlb, klub Sharqiy Angliyada joylashgan. U 1881-yilda „Watford Rovers“ sifatida tashkil etilgan.

Angliya futbol ligasi tizimidagi ikkinchi eng muhim divizion boʻlgan chempionatda oʻynaydi.

Klubning eng yuqori yutuqlari — 1982/83-yilgi mavsumda Angliya oliy divizionida 2-oʻrin va 1983/84 va 2018/2019-yilgi mavsumlarda Angliya kubogi finali qatnashchisi.

Watfordning uy maydoni 1922-yildan beri „Vicarage Road“ hisoblanadi.

Tarixi tahrir

„Watford Rovers“ga 1881-yil jamoada himoyachi sifatida oʻynagan Genri Groverand tomonidan asos solingan[1]. Dastlab havaskor futbolchilardan tashkil topgan jamoaning o‘z stadioni bo‘lmagan va Watfordning turli joylarida o‘ynagan. Klub birinchi marta 1886/87-yilgi mavsumda Angliya kubogida ishtirok etgan va 1889-yilda jamoa Xertfordshir kubogidagi gʻalabani nishonlagan. Jamoa 1890-yilda „West Hertfordshire Athletic Club“ning futbol boʻlimiga aylanadi va „Cassio Road“ga koʻchib oʻtadi. Klub 1893-yilda „West Xertfordshir“ deb oʻzgartirildi. „Rovers“ 1896-yilda Janubiy ligaga qoʻshiladi va 1897-yildan boshlab oʻyinchilarga maosh toʻlashni boshlaydi va professional klubga aylanadi. „West Xertfordshir“ 1898-yilda mahalliy raqibi „Watford Sent-Meri“ bilan birlashdi, birlashgan jamoa „Watford“ nomi bilan mashhur boʻldi.

„Luton Town“ bilan qarama-qarshilik tahrir

„Watford“ muxlislarining asosiy raqibi qoʻshni Bedfordshirda joylashgan „Luton Town“ futbol klubidir. Jamoalar muntazam ravishda Janubiy ligada 1900-yildan 1920-yilgacha oʻynashgan va 1937-yilgacha, „Luton“ Janubiy uchinchi divizionga koʻtarilgunga qadar Futbol Ligasida davom etishgan[2]. 1963 yilga qadar „Watford“ raqiblariga qaraganda quyi divizionda boʻlgan.

Libosi tahrir

Quyida 2011-yilgi Watford klubi liboslari keltirilgan[3].

Uyda tahrir

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Mehmonda tahrir

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Zaxirada tahrir

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Manbalar tahrir

  1. „They shaped the club“. Watford Football Club (2008-yil 29-may). 2008-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-oktyabr.
  2. Jones 1998, pp. 27-63.
  3. „Watford - Historical Football Kits“. www.historicalkits.co.uk. Qaraldi: 2022-yil 5-sentyabr.