Daniel Carleton Gajdusek
Daniel Carleton Gajdusek (9-sentyabr 1923 – 12-dekabr 2009) — Amerika vrachi, virusologi va epidemiologi. Odamda viruslar qoʻzgʻatib asta-sekin kechadigan kasalliklar (yashirin davri bir necha yil davom etadigan va asosan markaziy nerv sistemasiga zarar yetkazadigan kasalliklar)ni aniqdagan; bu kasalliklarning sabablari, kelib chiqish mexanizmlari va xususiyatlari, kechishi ustida tadqiqot olib borgan. Nobel mukofoti laureata (1976; B. Blamberg bilan hamkorlikda).[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ "GAYDUZEK (Cajdusek) Daniyel Karlton" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |