Daniele Orsato
Orsato in 2016
Toʻliq ismi Daniele Orsato
Tavallud 23-noyabr 1975-yil (1975-11-23) (48 yosh)
Montecchio Maggiore, Vicenza, Veneto, Italy
Domestic
Yillar Liga Vazifasi
Serie A Referee
International
Yillar League Role
2010– FIFA listed Referee

Daniele Orsato - italiyalik futbol hakami 1975 yil 23 noyabrda tavallud topgan.

Faoliyati tahrir

Orsato 2010 yilda FIFA referisi etib tan olindi. [1] U JCh-2014 [2] va Evro-2012 saralash o'yinlarida hakam sifatida o`z faoliyatini olib borgan. [3]

Orsato 2012–13, 2013–14 va 2014–15-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi musobaqalarida guruh bosqichi o‘yinlarini nazorat qilgan. [4]

2016 yilda Orsato UEFA Chempionlar Ligasining 2015-16 yilgi mavsumida PSV Eyndxoven va Atletiko Madrid o'rtasidagi 1/8 final uchrashuvini boshqargan. [4]

2017-yilning 14-martida Orsato 2016-17-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi “ Lester Siti ” – “Sevilya” o‘rtasidagi 1/8 final uchrashuvini boshqargan. [5]

2018 yilning 1 iyulida Orsato Xorvatiya va Daniya terma jamoalari o'rtasidagi JCh-2018 o'yiniga VAR hakami etib saylandi.

2019-yil 12-fevral kuni Orsato UEFA Chempionlar Ligasi doirasidagi “Manchester Yunayted” va “PSJ” o‘rtasidagi 1/8 final dastlabki o‘yinini boshqargan. U 10 ta sariq kartochka ko'rsatdi (6 tasi "Manchester Yunayted" va 4 tasi " PSJ ") va 89-daqiqada Pol Pogbani maydondan chetlatdi.

Orsato 2020 yilgi UEFA Chempionlar ligasi finalida Parij Sen-Jermen va Bavariya o'rtasidagi o'yinni nazorat qilgan. [6]

U shuningdek, 2021 yilgi UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Chelsi" va "Real Madrid" o'rtasidagi javob o'yinini boshqargan.

2020 yilda Orsato IFFHS tomonidan o'sha kalendar yilining eng yaxshi hakami sifatida taqdirlandi. [7]

2022-yil 20-noyabr kuni Orsato mezbon Qatar va Ekvador terma jamoalari o‘rtasidagi 2022-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining ochilish o‘yiniga hakam etib tayinlandi. [8]Andoza:UEFA Elite RefereesAndoza:UEFA Champions League Final refereesAndoza:UEFA Euro 2020 refereesAndoza:Serie A Referee of the Year

  1. FIFA. "Italy: Referees". Retrieved on 17 May 2013.
  2. FIFA. "Match Report - Moldova - Montenegro 0:1 (0:0)". 22 March 2013. Retrieved on 17 May 2013.
  3. UEFA. "Georgia 1-2 Greece". 11 October 2011. Retrieved on 17 May 2013.
  4. 4,0 4,1 „Palmares for Daniele Orsato“. WorldrReferee.com. 2017-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.
  5. „Orsato pitará en Leicester: con él, el Sevilla ganó en Villarreal“. AS.com. Qaraldi: 2017-yil 15-mart.
  6. „Referee team appointed for UEFA Champions League final in Lisbon“. UEFA (2020-yil 19-avgust). Qaraldi: 2020-yil 19-avgust.
  7. „IFFHS“. www.iffhs.com. Qaraldi: 2021-yil 27-iyul.
  8. „FIFA“. www.fifa.com. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.