Chelsea futbol klubi (talaffuzi: Chelsi; ingl. Chelsea Football Club) — 1905-yilda tuzilgan ingliz futbol klubidir. Chelsea Football Club — Gʻarbiy Londonning Fulham shahrida joylashgan ingliz professional futbol klubi. 1905-yilda asos solingan, ular uy oʻyinlarini „Stamford Bridge“ stadionida oʻtkazishadi[4]. Klub Angliya futbolining oliy divizioni Premier Leagueda ishtirok etadi. Chelsea klubi 1955-yilda oʻzlarining birinchi yirik sovrini Angliya Liga chempionligini qoʻlga kiritishadi. Klub birinchi marta 1970-yilda Angliya kubogini, 1971-yilda birinchi marta Angliya kubogini, 1971-yilda birinchi marta UEFA kubogi egalari kubogini qoʻlga kiritishdi. 2022-yilda boʻlib oʻtgan klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida Chelsea klubi gʻolib boʻladi va ushbu musobaqada gʻolib boʻlgan uchinchi ingliz klubiga aylanadi.

Chelsea F.C.
Toʻliq nomi inglizcha: Chelsea Football Club
Laqabi Aristokratlar[1], The Blues
Qisqa nomi CFC, CHE
Asos solingan 10-mart, 1905-yil (118 yil avval) (1905-03-10)[2]
Stadion Stamford Bridge
London, Angliya
Stadion hajmi 41841
Egasi BlueCo 22 Limited
Rahbari Todd Boehly
Murabbiyi Graham Potter
Sardori  ESP Sezar Azpilikueta
Reytingi UEFA Rankingda 5-oʻrin[3]
Vebsayt https://www.chelseafc.com/
Musobaqasi Premer-liga
2021/2022 3
Asosiy libosi
Ikkinchi libosi
Zaxira libosi

Chelsea 1999-yilgacha boʻlgan uchta asosiy Yevropa klublari oʻrtasidagi musobaqalarda gʻalaba qozongan beshta klubdan biri va Yevropaning uchta asosiy musobaqalarida ikki marta gʻalaba qozongan yagona klub hisoblanadi. Shuningdek,Chelsea klubi Chempionlar ligasi va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqqan yagona London klubidir[5]. Mamlakat ichida klub oltita liga chempionligi, sakkizta Angliya kubogi, beshta Angliya Liga kubogi va toʻrtta FA Community Shieldni qoʻlga kiritdi. Xalqaro maydonda UEFA Chempionlar Ligasi, UEFA Yevropa Ligasi, UEFA Kubok egalari kubogi va UEFA Superkubogida ikki marta, FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida esa bir marta gʻalaba qozongan. Qoʻlga kiritilgan sovrinlar soni boʻyicha Chelsea Angliya futbolidagi eng sovrindor toʻrtinchi klub hisoblanadi.

Klub hamshaharlari „Arsenal“ va „Tottenham Hotspur“ hamda West Yorkshirening „Leeds United“ klublari bilan tarixiy raqobatga ega. Chelsea klubi qiymati boʻyicha dunyodagi sakkizinchi eng qimmat futbol klubidir. 2022-yil holatiga koʻra qiymati 3,10 milliard dollarni tashkil etadi va dunyodagi eng koʻp daromad oladigan sakkizinchi futbol klubidir[6][7].

Tarixi Tahrirlash

Tashkil etilishi va dastlabki yillari Tahrirlash

Asosiy maqola: Chelsea tarixi (1905–1952)

 
1905-yil sentyabr Chelsea jamoasi birinchi tarkibi

1904-yilda Gus Mears Fulhamdagi Stamford Bridge atletika stadionini futbol maydonchasiga aylantirish maqsadida sotib oldi. U stadionni Fulham klubiga ijaraga berish taklifi rad etadi va uning oʻrniga oʻz klubini tashkil etishni afzal koʻradi. Shaharda allaqachon Fulham nomli jamoa boʻlganligi sababli, yangi klub nomi Chelsea shahriga qoʻshni tuman Kensington FC, Stamford Bridge FC va London FC kabi nomlar koʻrib chiqildi[8]. „Chelsea“ FC 1905-yil 10-martda The Rising Sun pubda (hozirgi The Butcher’s Hook)[9][10] tashkil etilgan va koʻp oʻtmay Angliya futbol ligasidan roʻyxatdan oʻtgan.

"Chelsea" o'zining ikkinchi mavsumida Angliya birinchi divizionga ko'tarildi. Klub 1915-yilda Angliya Kubogi finaliga qadar etib borishdi va "Old Trafford"da bo'lib o'tgan finalda "Sheffild United" ga mag'lub bo'lishadi. 1920-yilda Angliya birinchi divizionida uchinchi o'rinni egallashdi. Bu klubning shu paytgacha erishgan eng natijasi edi[11]. "Chelsea" yulduz o'yinchilarni klubga olib kelish bo'yicha katta tajribaga ega edi[12] va bu orqali klub muhlislarni stadionga jalb etardi. Klub 1907–1908[13], 1909–1910[14], 1911–1912[15], 1912–1913[16], 1913–1914[17] va 1919–1920-yilgi[18][19] mavsumlarda stadionga tashrif buyurgan muhlislar ko'rsatkichi bo'yicha eng yuqori natija qayd etishdi[20]. Chelsea klubi 1920 va 1932-yillarda Angliya Kubogining yarim finaliga chiqishdi. 1930-yillar davomida Birinchi divizionda qolishdi, ammo urushlararo yillarda klub muvaffaqiyatga erisha olmadi.

Modernizatsiya va birinchi liga chempionati Tahrirlash

Chelsea klubiga 1952-yilda "Arsenal" va Angliya terma jamoasining sobiq markaziy hujumchisi Ted Drake bosh murabbiy etib tayinlangan va u klubni modernizatsiya qilishni boshlagan. Ted Drake klubning nafaqaxo'r o'yinchilarini birin ketin jamoadan olib tashladi, tarkibni yoshlar bilan to'ldirdi va mashg'ulotlar rejimini yaxshiladi, quyi divizionlar va havaskorlar ligalarida aqlli o'yinlari bilan o'zini ko'rsatgan futbolchilar bilan jamoani qayta tikladi va 1954–1955-yilgi mavsumda "Chelsea" bilan birinchi yirik sovrin - Liga chempionligiga qo'lga kiritdi. Keyingi mavsumda UEFA Yevropa chempionlar kubogi musobaqasida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lishdi, ammo Futbol Ligasining e'tirozlaridan so'ng, Chelsea musobaqa boshlanishidan oldin musobaqani tark etdi[21][22]. "Chelsea" yaxshi imkoniyatni qo'ldan boy berdi va 1950-yillarning qolgan qismini turnirning o'rta jadvalda o'tkazdi. Drake 1961-yilda ishdan bo'shatildi va uning o'rniga futbolchi-murabbiy Tommy Docherty keldi.

Klublar oʻrtasidagi JCh Tahrirlash

2022-yil 12-fevral kuni BAAning Abu Dabi shahrida boʻlib oʻtgan Futbol boʻyicha Klublar oʻrtasidagi Jahon chempionatining final bahsida „Chelsi“ Braziliyaning „Palmeyras“ futbol klubi bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning birinchi taymida darvozalarga toʻp urilmadi va jamoalar tanaffusga 0:0 hisobida yoʻl oldi. Ikkinchi taymning 55-daqiqasida Romelu Lukaku chap qanotdan oshirilgan toʻpni boshi bilan darvozaga joylab, hisobni ochdi. Oradan 10 daqiqa oʻtib, London klubi darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. Penaltini Rafael Veyga aniq amalga oshirdi — 1:1. Ushbu hisob uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanguniga qadar saqlanib qoldi.

Shundan soʻng jamoalar qoʻshimcha boʻlimlarga murojaat qildi. 117-daqiqada „Chelsi“ penalti tepish imkoniyatiga ega boʻldi va uni Kay Haverts muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Shu tariqa Yevropa Chempionlar Ligasi gʻolibi „Chelsi“ Janubiy Amerikasida tengsiz boʻlgan „Palmeyras“ni yengib, klublar oʻrtasidagi Jahon chempionati gʻolibiga aylandi.[23]

Manbalar Tahrirlash

Chelsea F. C.

  1. „Chelsea's first cup final – a century ago“ (deadlink). Chelsea FC (23-aprel 2015). 26-avgust 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 25-iyul 2016-yil.
  2. „Team History – Introduction“ (deadlink). chelseafc.com. Chelsea FC. 27-may 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-may 2011-yil.
  3. „Club koeffitsientlar.UEFA koeffitsientlari“. Qaraldi: 3-mart 2022-yil.
  4. „General Club Information“. ChelseaFC.com (18-yanvar 2018-yil). 13-fevral 2022-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 31-may 2021-yil.
  5. „Five interesting facts about Chelsea's Champions League triumph“. Chelsea FC (31-may 2021-yil). 31-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyun 2021-yil.
  6. Ozanian. „The World's Most Valuable Soccer Teams 2023“ (en). Forbes. Qaraldi: 14-iyul 2023-yil.
  7. „Deloitte Football Money League 2023“ (en-gb). Deloitte United Kingdom. Qaraldi: 14-iyul 2023-yil.
  8. Glanvill, Rick. Chelsea FC: The Official Biography, 2006 — 55 bet. 
  9. „The Birth of a Club“. Chelsea FC (30-sentyabr 2004-yil). 18-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2015-yil.
  10. „The Birth of a Club“. Chelsea FC (30-sentyabr 2004-yil). 18-dekabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16-dekabr 2015-yil.
  11. „Team History – 1905–29“. chelseafc.com. Chelsea FC. 18-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-aprel 2014-yil.
  12. Glanville, Brian. „Little sign of change for Chelsea and their impossible dreams“. The Times (10-yanvar 2004-yil). Qaraldi: 15-mart 2009-yil.Andoza:Registration required
  13. „Historical attendances“. European Football Statistics. 4-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-avgust 2011-yil.
  14. „Historical attendances“. European Football Statistics. 4-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-avgust 2011-yil.
  15. „Historical attendances“. European Football Statistics. 4-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-avgust 2011-yil.
  16. „EFS Attendances“. www.european-football-statistics.co.uk. 1-may 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-aprel 2021-yil.
  17. „Historical attendances“. European Football Statistics. 4-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-avgust 2011-yil.
  18. „Historical attendances“. European Football Statistics. 18-avgust 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-avgust 2011-yil.
  19. „Between the Wars – Big Names and Big Crowds“. chelseafc.com. Chelsea FC. 20-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-may 2012-yil.
  20. „Historical attendances“. European Football Statistics. 4-oktyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-avgust 2011-yil.
  21. Glanville, Brian. „The great Chelsea surrender“. The Times (27-aprel 2005-yil). Qaraldi: 29-dekabr 2006-yil.
  22. Glanvill, Rick. Chelsea FC: The Official Biography. London: Headline, 2005 — 254 bet. ISBN 0755314654. 
  23. https://daryo.uz/2022/02/13/chelsi-117-daqiqadagi-gol-evaziga-braziliya-klubini-yengib-klublar-ortasidagi-jch-golibiga-aylandi/

Havolalar Tahrirlash