Alfie Gilchrist (2003-yil 28-noyabr) – angilyalik professional futbolchi, Premyer liganing Chelsea klubi safida markaziy va oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp surmoqda.

Alfie Gilchrist
Gilchrist 2018-yil Chelsea safida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alfie Gilchrist
Tavallud sanasi 28-noyabr 2003-yil (2003-11-28) (20 yosh)
Tavallud joyi Kingston upon Thames, London, Angliya[1]
Boʻyi 1.83 m[1]
Ampluasi Markaziy va oʻng qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 42
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Old Isleworthians
0000–2014 Queens Park Rangers
2014–2023 Chelsea
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2023– Chelsea 11 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2024-yil 5-may uchun)

Karyerasi

tahrir

Dastlabki yillar

tahrir

LondonningKingston Tames shahrida tugʻilgan Gilchrist oʻz faoliyatini mahalliy jamoalar Old Isleworthians Youth F. C. va Queens Park Rangers klublarida boshlaydi va dastlab qanot hujumchisi va yarim himoyachi sifatida oʻynaydi[2].

Chelsea

tahrir

Gilchrist 2014-yilda Chelseaning 11 yoshgacha jamoasi safiga qoʻshiladi va himoyachi sifatida toʻp suradi[3]. Gilchristning oʻyinini koʻpchilik Jon Terry bilan taqqoslaydi[4][5].

Gilchrist 2020-yil noyabri oyida birinchi professional shartnomasini imzoladi[6]. U FA Youth Cup yarim finaligacha yetib borgan jamoaga sardorlik qiladi. Ushbu jamoa blan 2021-22-yilgi mavsumda 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Premyer ligada zafar quchadi[7]. U 2022-23-yilgi mavsumda U-21 Premyer ligasining eng yaxshi oʻyinchisi sovriniga nomzod sifatida qoʻyiladi[8][9].

2023-yil 26-may kuni Gilchrist Manchester Unitedga qarshi Premyer liga doirasidagi oʻyin qaydomasiga kiritiladi[10][11].

 
Gilchrist 2021-yilgi UEFA yoshlar ligasida

2023-yil 19-sentyabrda u 2025-yil iyungacha moʻljallangan yangi shartoma imzolaydi[12]. 27-dekabr kuni Gilchrist Crystal Palacega qarshi oʻyinda oʻzining professional futboldagi debyutini oʻtkazgan[13].

2024-yil 2-aprel kuni Gilchrist Chelsea bilan 2026-yilgacha moʻljallangan yangi shartnoma imzoladi[14].

15-aprel kuni 88-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Alfie Everton darvozasiga oʻzining debyut golini kiritgan[15].

Shaxsiy hayoti

tahrir

Gilchrist bolalikdan Chelseaning muxlisidir, uning bobosi va otasi doim aristokratlar oʻyini uchun mavsumiy chiptalar sotib olishgan[16]. U Esher shahridagi Esher Church of England oʻrta maktabida oʻqigan[17].

Statistikasi

tahrir
2024-yil 5-may holatiga koʻra[18]
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Chelsea 2023–24 Premyer Liga 11 1 17 1
Umumiy 11 1 17 1

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Alfie Gilchrist WorldFootball.net saytida
  2. „Teenage Kicks: Alfie Gilchrist“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 13-iyul.
  3. „19-year-old Chelsea youngster Alfie Gilchrist arrives with squad to face Man Utd| All Football“ (en). AllfootballOfficial. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  4. „Chelsea: Gilchrist can be John Terry 2.0“ (en). FootballFanCast (2023-yil 5-may). Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  5. Brus. „Exclusive: Chelsea scout Sean Conlon on the academy's success and the wonderkid who looks like "the next John Terry"“ (en). CaughtOffside (2021-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  6. „Who is Alfie Gilchrist, where can he play and when did he sign for Chelsea?“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  7. „Alfie Gilchrist“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  8. „Nominees for Premier League 2 Player of the Season“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2023-yil 21-iyul.
  9. „Alfie Gilchrist nominated for PL2 Player of the Season award!“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  10. „Man Utd v Chelsea, 2022/23 | Premier League“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  11. Coley. „Chelsea have 'next John Terry' in Alfie Gilchrist after Man Utd reward“ (en). Football.London (2023-yil 25-may). Qaraldi: 2023-yil 6-iyul.
  12. „Gilchrist signs new Chelsea contract“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  13. „John Terry tips Alfie Gilchrist, 20, to become the next academy star to impact Chelsea first-team... before the defender makes his Blues debut during 2-1 win over Crystal Palace“. football.co.uk (2023-yil 28-dekabr).
  14. Law, Matt. „Chelsea tie down Alfie Gilchrist to new deal“ (en-GB). The Telegraph (2024-yil 2-aprel). Qaraldi: 2024-yil 2-aprel.
  15. „Report: Chelsea 6-0 Everton“ (en). Chelsea F.C. (2024-yil 15-aprel). Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
  16. „Gilchrist reveals family ties to Chelsea in programme“ (en). www.chelseafc.com.
  17. „Esher High PE“. Twitter (2020-yil 3-iyul). Qaraldi: 2024-yil 26-yanvar.
  18. Alfie Gilchrist Soccerway saytida