Daniella Maria Deutscher (talaffuzi: Daniella Maria Deutscher)1975-yil 4-oktyabrda tug'ilgan. Shuningdek u Daniella Volters nomi bilan ham tanilgan. Ushbu amerikalik aktrisa shanba tongida namoyish etiladigan Hang Time (1995—2000) teleserialida Julie Connor (talaffuzi: Juli Konnor) rolini o'ynagani bilan mashhur.

Daniella Deutscher
Tavalludi
Daniella Maria Deutscher

4-oktyabr 1975-yil (1975-10-04) (48 yosh)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1995–2006
Turmush oʻrtogʻi
Jay Hernandez (turm. 2006)

Hayoti tahrir

Deutscher Vashington shtatining poytaxti Olimpiya shahrida voyaga yetgan va Olimpiya o'rta maktabida o'qishni boshlagach, to'rt yil davomida ushbu dargohning yulduz basketbolchisi sifatida tanilgan.[1] U aktrisalik faoliyatini shanba tongida TNBC televideniyesida namoyish etiladigan "Hang Time" serialida Juli Konnor obrazini tasvirlash bilan boshlagan. Deutscher va uning hamrohi Megan Parlen (talaffuzi: Megan Parlen) ushbu serailning har bir epizodida o'z mahoratlarini ko'rsatganlar.

Deutscher "Special Forces" filmida Vendi rolini ijro etgan. U ushbu filmda Muldoniyalik harbiy qo'mondon tomonidan asirga olingan amerikalik jurnalist rolida aktrisalik mahoratini namoyon etgan. Deutscher, shuningdek, kunduzgi televideniyeda taqdim etiladigan "The Bold and the Beautiful" dramasida ham namoyon bo'lgan. 

U Hang Time serialidagi sobiq hamkasbi Jay Hernandez (talaffuzi: Jey Ernandes) bilan turmush qurgan.[2][3]

Filmografiyasi tahrir

  • Hang Time (1995—2000) (teleserial)
  • Special Forces (2003) (film)
  • Las-Vegas (2005) (teleserial)
  • Aquaman (2006) (teleserial)

Manbalar tahrir

  1. Satir, F.E.. „For former Olympia athlete Daniella Deutscher, art imitates life“. The Olympian (22-sentabr 1995-yil). Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil. „Olympia High School’s onetime star basketball player Daniella Deutscher is still shooting hoops.“.
  2. „MEET OLYMPIA'S MODEL SOPHOMORE“. The News Tribune (26-fevral 1992-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2010-yil.
  3. Bruno Zalubil. „GIRLS: ROGERS HALTS OLYMPIA'S HIGH SCORER, WINS“. The News Tribune (11-dekabr 1993-yil). Qaraldi: 25-yanvar 2010-yil.[sayt ishlamaydi]("...Kindle's plan was to threaten his Rams with running to hold Olympia's Daniella Deutscher, normally a scoring machine, to single digits in points. Deutscher, a two-time Black Hills League MVP...")

Havolalar tahrir