Daniya va Litva munosabatlari Daniya va Litva oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlar hisoblanadi. Litvaning Kopengagenda elchixonasi bor, Daniya elchixonasi esa Vilnyusda joylashgan[1] . Ikkala davlat ham Yevropa Ittifoqi va NATO aʼzolari sanaladi. Ikki tomonlama munosabatlar 1991-yil 24-avgustda tiklandi[2].

Daniya–Litva munosabatlari

Daniya

Litva

Tarixi tahrir

Litva mustaqillikga erishganidan buyon, Daniya oʻzining siyosiy va iqtisodiy yordamini koʻrsatib kelmoqda. Daniya ham Litvani Yevropa Ittifoqi va NATOda qo‘llab-quvvatlagan. 1990-yillardan 2003-yilgacha Daniya Litvaga 1 milliard AQSH dollari miqdorida yordam koʻrsatdi.

2006-yil Daniyaning Litvaga eksporti 442 million yevroni tashkil etdi. Litvadan import 469 million yevroni tashkil etdi[3]. Daniyaning koʻplab kompaniyalari Litvada shoʻba korxonalarini tashkil etdi.

1991-yildan Daniya va Litva harbiy mudofaa sohasida hamkorlik qilib kelmoqda. Hozirda faol tarzda Litva Daniya bilan mudofaa sohasida hamkorlik qiladi.

2003-yil 2-mayda Litva Prezidenti Rolandas Paksas Daniyaga tashrif buyurdi[2]. 2005-yil 2-may va 2008-yil 9-aprel kunlari Daniya Bosh vaziri Anders Fog Rasmussen Litvaga tashrif buyurdi[2].

Manbalar tahrir

  1. „Lithuanian embassy in Copenhagen“. 2019-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 9-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Bilateral relations“. 2014-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.
  3. „Diplomatic relations between Denmark and Lithuania“. 2012-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-noyabr.

Havolalar tahrir