Daniel John Higginbotham (talaffuzi: Daniel Jon Xigginbotem 1978-yil 29-dekabrda tug'ilgan) - himoyachi sifatida o'ynagan sobiq professional futbolchi. U Angliyaning Manchester shahrida tug'ilgan, xalqaro futbolda Gibraltarni himoya qilgan.

Danny Higginbotham
Higginbotham Gibraltar bilan 2014-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Daniel John Higginbotham[1]
Tavallud sanasi 29-dekabr 1978-yil (1978-12-29) (45 yosh)[1]
Tavallud joyi Manchester, Angliya
Boʻyi 6 ft 1 in (1.85 m)[1]
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1994–1997 Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1997–2000 Manchester United 4 (0)
1998–1999Royal Antwerp (ijara) 29 (3)
2000–2003 Derby County 86 (3)
2003–2006 Southampton 94 (4)
2006–2007 Stoke City 45 (7)
2007–2008 Sunderland 22 (3)
2008–2013 Stoke City 64 (4)
2012Nottingham Forest (ijara) 6 (1)
2012Ipswich Town (ijara) 12 (0)
2013 Sheffield United 15 (0)
Milliy terma jamoa
2013–2014 Gibraltar 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Daniel faoliyatini “Manchester United” akademiyasida boshlagan. Klubda debyut qilganidan so'ng, u Belgiyaning "Royal Antwerp" jamoasiga ijaraga yuborildi. Ammo u klubda yaxshi rivojlana olmadi, so'ngra Derby Countyga qo'shildi (2000-yil). U "Derby"da uch yil o'tkazdi, so'ngra klub Premyer-ligadan tushib ketganida transfer so'rovini topshirdi. "Southampton" Danielni 1,5 million funt sterlingga sotib oldi. 2003-yil fevral oyida to'lov amalga oshirildi. Daniel ularga 2003-yilgi Angliya kubogi finaliga chiqishga yordam berdi. 2005-yilda "Southampton" quyi ligaga tushib ketdi, so'ngra Daniel yangi shartnomani rad etdi va transfer ro'yxatiga kiritildi.

Yoshlik tahrir

Manchesterda tug'ilgan Daniel Altrinchamda o'sgan. O'n bitta imtihondan o'tganiga qaramay, u Altrincham o'g'il bolalar grammatikasi maktabiga kirishdan bosh tortdi[2]. Uning katta akasi Paul Witton Albion uchun Ligadan tashqari futbol o'ynagan[3].

Klubdagi faoliyati tahrir

Manchester United tahrir

Daniel o'z faoliyatini mahalliy "Manchester United" klubida boshlagan. Ammo u shogirdligining birinchi yilida yuqori baholanmagan va B jamoasi o'yinida son suyagi singanida uning faoliyati deyarli yakunlangandek edi[4]. Biroq, u jarohatdan tuzalib ketdi va 1998-yilda ikki yillik professional shartnoma imzoladi[5]. U Premyer-ligadagi debyutini 1998-yil 10-mayda o‘tkazib, Oakwellda Barnsley ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi[6].

U Belgiyaning ikkinchi divizioni vakili "Royal Antwerp"ga ijara asosida yuborildi. U klubni yomon boshlagan bo'lsada, ushbu startdan so'ng klub ketma-ket 15 o'yinda g'alaba qozondi.

Xalqaro martaba tahrir

Angliyada tug'ilib o'sgan Daniel onasi tomondan buvisi orqali Gibraltar terma jamoasida o'ynash huquqiga ega edi[7]. Gibraltarning sobiq menejeri Allen Bula uning amakisi hisoblanadi[8]. Daniel xalqaro maydondagi debyutini Gibraltarning UEFA aʼzosi sifatidagi ilk oʻyinida, 2013-yil 19-noyabrda Slovakiya bilan oʻrtoqlik oʻyinida 0:0 hisobida durang oʻynab, amalga oshirgan[9]. U o'z faoliyati uchun maqtovga sazovor bo'lib, uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi[10]. U 2014-yilning mart oyida Gibraltar safida uchta o‘yin o‘tkazgandan so'ng[11], xalqaro futboldagi faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Media martabasi tahrir

2013-yil fevral oyida Daniel Shimoliy Staffordshire va Janubiy Cheshire mintaqalaridagi mahalliy gazeta The Sentinelda o'z biografiyasini yozishni boshladi. Daniel The Independent jurnalida muntazam sport rukniga ega. U 2015-yil aprel oyida o'zining "Yo'qolganlarning yuksalishi" deb nomlangan[12] avtobiografiyasini e'lon qildi. U Talksport, BBC Radio 5 Live, BT Sport, Sky Sports va NBC Sports kabi bir qancha televidenie va radiostansiyalarda chiqish qilgan[13][14].

Shaxsiy hayot tahrir

Uning birinchi farzandi Jak 2001-yilda tug‘ilgan[15]. Uning ikkinchi farzandi Jessica 2003-yil 12-oktyabrda tug'ilgan[16]. Uning birinchi nikohi 2008-yilda o'z nihoyasiga yetdi(ajrashdi)[17]

2010-yilda u amerikalik Nicole bilan oila qurdi.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va go'llar statistikasi
Klub Mavsum Liga Milliy Kubog Liga Kubogi Yevropa Boshqa Jami
Boʻlim Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar Oʻyinlar Goʻllar
Manchester United 1997–98 Premyer-liga 1 0 0 0 0 0 0 0 0 0 1 0
1998–99 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
1999–2000 Premyer-liga 3 0 1 0 1 0 1 0 6 0
Jami 4 0 0 0 1 0 1 0 1 0 7 0
Royal Antwerp (ijara) 1998–99 Belgiya ikkinchi divizioni 29 3 0 0 3 1 32 4
Derby County 2000–01 Premyer-liga 26 0 3 0 4 0 33 0
2001–02 Premyer-liga 37 1 1 0 2 0 40 1
2002–03 Birinchi divizion 23 2 0 0 2 1 25 3
Jami 86 3 4 0 8 1 98 4
Southampton 2002–03 Premyer-liga 9 0 1 0 10 0
2003–04 Premyer-liga 27 0 1 0 2 0 1 0 31 0
2004–05 Premyer-liga 21 1 4 0 1 0 26 1
2005–06 Championship 37 3 1 0 1 0 39 3
Jami 94 4 7 0 4 0 1 0 106 4
Stoke City 2006–07 Championship 44 7 2 0 0 0 46 7
2007–08 Championship 1 0 1 0 2 0
Jami 45 7 2 0 1 0 48 7
Sunderland 2007–08 Premyer-liga 21 3 0 0 21 3
2008–09 Premyer-liga 1 0 0 0 1 0
Jami 22 3 0 0 0 0 22 3
Stoke City 2008–09 Premyer-liga 28 1 0 0 2 0 30 1
2009–10 Premyer-liga 24 1 3 0 2 1 29 2
2010–11 Premyer-liga 10 2 3 1 3 1 16 4
2011–12 Premyer-liga 2 0 0 0 0 0 3 0 5 0
2012–13 Premyer-liga 0 0 0 0 0 0
Jami 64 4 6 1 7 2 3 0 0 0 80 7
Nottingham Forest (ijara) 2011–12 Championship 6 1 6 1
Ipswich Town (ijara) 2012–13 Championship 12 0 12 0
Sheffield United 2012–13 Birinchi liga 15 0 2 0 1 0 18 0
Chester 2013–14 Konferensiya 17 1 1 0 1 0 19 1
Altrincham 2013–14 Shimoliy konferensiya 2 0 2 0
Jami faoliyat 396 26 22 1 21 3 5 0 6 1 450 31

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 197 bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  2. Higginbotham 2015, s. 31
  3. Higginbotham 2015, s. 33
  4. Higginbotham 2015, s. 42
  5. Higginbotham 2015, s. 57
  6. Higginbotham 2015, s. 58
  7. Burt, Jason. „Former Manchester United defender Danny Higginbotham: Playing for Gibraltar is no no stunt“. The Daily Telegraph (2013-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2013-yil 20-noyabr.
  8. „Stoke City: Danny Higginbotham confirms Gibraltar approach“. The Sentinel (2013-yil 17-sentyabr). 2014-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
  9. „Slovakia 0–0 Gibraltar“. BBC Sport (2013-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
  10. „International friendlies – Gibraltar hold Slovakia to memorable draw on debut“. Yahoo Sports (2013-yil 19-noyabr). 2016-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
  11. „Gibraltar: Wycombe Wanderers' Reece Styche among call ups“. BBC Sport (2014-yil 11-fevral). Qaraldi: 2016-yil 29-mart.
  12. „Higginbotham's Book Hits The Shelves“. Stoke City F.C. (2015-yil 1-aprel). Qaraldi: 2015-yil 1-aprel.
  13. @Higginbotham05. „Looking forward to being on @NBCSportsSoccer tomorrow covering Brighton v Southampton and looking back at weekend games.“ (2020-yil 6-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 14-mart.
  14. „Where is Danny Higginbotham now?“. premierleagueheroes.com. Qaraldi: 2015-yil 1-aprel.
  15. Higginbotham 2015, s. 109
  16. Higginbotham 2015, s. 135
  17. Higginbotham 2015, s. 205