Danuniylar
(Danunadan yoʻnaltirildi)
Danuniylar, danuna - Misr va Suriya hududiga mil. av. 13—12-asrlarda kirib kelgan "dengiz xalqlari" dan biri, danaylar bilan aynan deb hisoblanadi. Misrdan 12-asrda surib chiqarilgan. D. Kichik Osiyoning janubi-sharqida va Kipr o.da joylashganlar. Mil. av. 9-asrda Sharqiy Kilikiyada D. davlati boʻlgan. Turkiyadagi Qoratepa togʻidan (Jayhon daryosi boʻyida) 1946-yilda D. podshohi — Azitavaddning bitik toshi topilgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |