Daqyonus, Daqqiyunus — qad. Rim imperatori Diokletian (boshqa bir manbalarga koʻra Detsiy) ismini musulmon Sharqida keng tarqalgan rivoyatlar (xususan, "Ashobu Kahf") da sharqona atalishi. Markaziy Osiyoda arablar istilosiga qadar mavjud boʻlgan shahar harobalari, tangalar va b.ni qad.ligini anglatish uchun "D.dan qolgan" degan ibora ishlatilgan. Xorazm viloyatida joylashgan bir qator qad. shaharlarga hozirgacha afsonaviy shoh — Daqqiyunus asos solgan deb nisbat berishadi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil