Bosh menuni ochish

"Darakchi" — oʻzbek va rus tillarida chiqadigan haftalik axborot gaz. Ilk soni 1999 y. mart oyida Samarqand sh.da chop etilgan. "Darakchi" qisqa muddatda ommalashib, mamlakatdagi eng koʻp nusxali gaz.ga aylandi. Unda yoshlar mavzusi, ularning dunyoqarashi, oʻy-fikrlarini, xalqaro miqyosdagi voqealarni, sport xabarlarini yoritishga katta oʻrin beriladi, jiddiy mavzudagi muammoli maqolalar ham keng yoritiladi. Gaz. tahririyatining xatlar, axborot va sport, tanlov boʻlimlari bor. "Internet" orqali jahon axborot tarmogʻiga ulangan. Adadi 200 mingdan ziyod (2002).

Darakchi
Даракчи (газета Узбекистана).jpg
TuriIjtimoiy, madaniy, ko'ngilochar gazeta
FormatiA 4

Asos solingan1999
Tilioʻzbek
Bosh ofisi
Adadi200 000

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil