Daraxtlar suhbati

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar toʻplami

„Daraxtlar suhbati“oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1988-yil Toshkent shahrida „Yulduzcha“ nashriyotida chop etilgan.[1] Toʻplam maktabgacha yoshdagi bolalar uchun moʻljallangan. Asar rasmlarini S. Gilenko chizgan. Kitob nomi Vohidov 1962-yil yozgan „Daraxtlar suhbati“ sheʼridan olingan.

Daraxtlar suhbati
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar
Nashriyot „Yulduzcha“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1988
Sahifalar soni 21
ISBN ISBN 5-8250-0027-5

„Daraxtlar suhbati“ sheʼri

tahrir

Qaragʻay
Boʻyin choʻzib
Qaragʻay
Yon-atrofga
Qaragay.
Der u:
Barcha daraxtdan
Baland akang -
Qaragʻay.

Terak
Men terakman,
Terakman.
Men hammaga kerakman.
Osmon mening
Yelkamda.
Men olamga
Tirgakman.

Majnuntol
Boshim egik
Majnunhol,
Majnuntolman,
Majnuntol.
Dam olsangiz
Soyamda,
Men sizlardan
Mamnun tol.

Archa
Men archaman,
Archaman.
Men xursandman
Barchadan.
Atrofimda
Aylanib
Hech charchamang,
Charchamang!

Olma
Men sizlarning
Olmangiz,
Xomligimda
Olmangiz,
Nortojiga
Oʻxshab soʻng
Voy qornim, deb qolmangiz!

Oʻrik
Qantak oʻrik
Otim bor,
Xoʻp mazali
Totim bor.
Magʻizimga berkitgan
Qantim bor,
Novvotim bor.

Shahtoli
Sariq, oq shaftoliman,
Zargʻaldoq
Shaftoliman,
Maqtanib oʻltirmayman,
Manandoq
Shaftoliman.

Yongʻoq
Miya kabi
Shaklim bor,
Boshim toʻla
Aqlim bor.
Meni yegan
Donishmand
Boʻlur degan
Naqlim bor.

Nashvati
Meni derlar
Nashvati,
Sharbatlarning
Sharbati,
Mazalarning
Mazasi,
Lazzatlarning
Lazzati.

Gilos
Men gilosman,
Quloq sol,
Rangim olu
Totim bol,
Topsang qoʻshalogʻimni
Qulogʻingga
Taqib ol.

Manbalar

tahrir
  1. „Daraxtlar suhbati“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 25-dekabr.