Darham — zardoʻzlikyaa murakkab mujassamot turi. Buyum yuzasi zamindoʻzi — guldoʻzi usulida ifodali yuza hosil qilib tikiladi, bunda ajoyib ranglar oʻyini va tilla jilosi hosil boʻladi. Xilma-xil choklar va rangli zamin (baxmal) buyumni yanada boyitadi. D. boy va hashamdor buyumlar (mas, Buxoro amirining kiyimlari)ga moʻljallangan. Bu mujassamotni malakali ustalargina bajara olgan. D.da asosan oʻsimliksimon naqsh qoʻllaniladi, ayrim hollarda chiziqlar bilan boʻlingan maydonda romblar hosil qilingan, ularga oʻsimliksimon gullar ham kiritib boyitilgan. Bunday uygʻunlik anʼanaviy boʻlib, tarixi 12—13-asrlarga borib taqaladi. Davrlar davomida gul i va tikilish usuli murakkablashib borgan, ijrosi mukammallashgan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil