Dario Marcolin (talaffuzi:  Dario Markolin) (1971-yil 28-oktyabrda tugʻilgan) — italiyalik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi. Dario Marcolin faoliyating asosiy qismida yarim himoyachi sifatida oʻynagan. Dario Marcolin nafaqaga chiqqanidan keyin ham futbol eksperti sifatida ishlagan.

Dario Marcolin
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 28-oktyabr 1971-yil (1971-10-28) (53 yosh)
Tavallud joyi Bresha, Italiya
Boʻyi 1.80m[1]
Ampluasi yarim himoyachi[1]
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989—1992 Cremonese 60 (5)
1992—2000 Lazio 70 (2)
1993—1994Cagliari (ijara) 18 (0)
1994—1995Genoa (ijara) 22 (2)
1999Blackburn Rovers (ijara) 10 (1)
2000—2002 Sampdoria 71 (2)
2002—2003 Piacenza 5 (0)
2003—2004 Napoli 47 (0)
2004—2005 Palazzolo 27 (4)
Milliy terma jamoa
1989

Italiyaning 18 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
10 (0)
1992—1994

Italiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
22 (0)
1993—1994 Italiya terma jamoasi 10 (0)
Boshqargan klublari
2008 Monza
2012—2013 Modena
2013 Padova
2015 Catania
2016 Avellino
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Klublardagi oʻyin faoliyati

tahrir

Dario Marcolin Breshada tugʻilgan. Faoliyati davomida Dario Marcolin „Cremonese“, "Lazio", „Cagliari“, „Genoa“, „Blackburn Rovers“ (u „Old Trafford“ stadionida "Manchester United" ga bir martadan gol urgan)[2], „Sampdoria“, „Piacenza“, „Napoli“ va „Palazzolo“ klublarida oʻynagan[3].

Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati

tahrir

Xalqaro miqyosda Dario Marcolin 22 marta Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi safida xalqaro oʻyinlarda qatnashgan[4]. Dario Marcolin 1991-yilda uning „Cremonese“ klubidagi jamoadoshi Mauro Bonomi bilan birga debyut qilgan[5] va 1992-yilda 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatida gʻolib chiqqan[6]. 1994-yilda Dario Marcolin jamoa sardori etib tayinlangan[7]. Dario Marcolin 1992-yilgi Olimpiya futbol turnirida ham oʻynagan[8].

Oʻyin uslubi

tahrir

Tajribali markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida tanilgan Dario Marcolin oʻzining tezligi va chidamliligi bilan ajralib turgan.Shuningdek, Dario Marcolin oʻzining yetakchiligi bilan ham tanilgan[9][10].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

Futbolchi sifatida faoliyatini tugatgandan soʻng, Dario Marcolin murabbiy boʻldi. Dario Marcolin 2006-yilda „Brescia“ klubiga yordamchi murabbiy sifatida qoʻshildi.

2008-yil iyun oyida Dario Marcolin Pro Liga vakili „Monza“ klubida murabbiylik faoliyatini davom ettirdi, lekin oʻsha yilning dekabr oyida ishdan boʻshatilgan.2009-yil dekabr oyida Dario Marcolin „Catania“ klubida Sinisha Mixajlovicning yordamchisi etib tayinlandi. Mixajlovic va Dario Marcolin „Lazio“ klubida jamoadosh boʻlishgan. Shuningdek ular „Inter“ klubida Manchinining yordamchisi sifatida birga ishlagan.

Yutuqlar

tahrir

Oʻyinchi

tahrir

Lazio [11]

  • A seriya: 1999—2000
  • Italiya kubogi: 1997—1998, 1999—2000
  • Italiya Superkubogi: 1998, 2000
  • UEFA Superkubogi: 1999-yil

Xalqaro

tahrir

Italiyaning 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi

  • 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 1992[12], 1994[13].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Dario Marcolin WorldFootball.net saytida
  2. Shaw, Phil. „Beckham still petulant as ever“. The Independent (1998-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2009-yil 12-noyabr.
  3. Serena Timossi. „Alla Samp in tempi bui. Auguri a Dario Marcolin“ (it). Sampdoria News (2011-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  4. „Marcolin, Dario“ (it). FIGC. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  5. „MELLI RIPARTE DALLA UNDER 21“ (it). La Repubblica (1991-yil 25-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  6. VITTORIO ZAMBARDINO. „L' ITALIA TORNA CAMPIONE“ (it). La Repubblica (1992-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  7. VITTORIO ZAMBARDINO. „L' UNDER SENZA PACE“ (it). La Repubblica (1994-yil 19-aprel). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  8. „OLIMPIADI, UN POSTO PER ORLANDO“ (it). La Repubblica (1992-yil 23-iyun). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  9. Serena Timossi. „Alla Samp in tempi bui. Auguri a Dario Marcolin“ (it). Sampdoria News (2011-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  10. „Meteore in Biancorosso (I peggiori nella storia recente del Piacenza Calcio): Dario MARCOLIN“ (it). Storia Piacenza 1919. 2018-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  11. Serena Timossi. „Alla Samp in tempi bui. Auguri a Dario Marcolin“ (it). Sampdoria News (2011-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  12. VITTORIO ZAMBARDINO. „L' ITALIA TORNA CAMPIONE“ (it). La Repubblica (1992-yil 4-iyun). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.
  13. VITTORIO ZAMBARDINO. „L' UNDER SENZA PACE“ (it). La Repubblica (1994-yil 19-aprel). Qaraldi: 2015-yil 16-oktyabr.