Dario Ruben
DARIO (Dario) Ruben (taxallusi; asl ism-sharifi Feliks Ruben Garsia Sarmyento; 1867.18.1, Metapa — 1916.6.2, Leon) — Nikaragua shoiri, jurnalist. Uzoq vaqt Yevropada yashagan. "Epistolalar va sheʼrlar. Birinchi ohanglar" (1885) nomli ilk toʻplami romantik ruxda. "Moviylik" (1888), "Majusiylik qoʻshiqlari" (1896) sheʼriy toʻplamlari hamda zamonaviy yozuvchilar toʻgʻrisidagi "Buyuklik" (1893) esselar kitobi amerikalik ispan tilli adabiyotga yangi modernizm ruhini olib kirgan. D. ijodiga fransuz adabiyotida mavjud boʻlgan parnas oqimi kuchli taʼsir koʻrsatgan. "Umr va umid qoʻshiqlari" (1905) sheʼriy toʻplamida ijtimoiy mavzu asosiy oʻrinni egallaydi. "Daydi qoʻshiq" (1907) toʻplamidagi koʻpgina sheʼrlari hayotga muhabbat ruhi bilan sugʻorilgan. Zamondoshlarini maʼnaviy izlanishlarini, ruhiy azob-uqubatlarini haqqoniy aks ettirgan D. sheʼriyat islohotchisi sifatida ispan tilli Amerika adabiyoti taraqqiyotiga munosib ulush qoʻshgan. 20-asr 80-y.larida Lotin Amerikasi adabiyotini jahon miqyosiga olib chiqqan. G. G. Markes, X. Kortosar, X. Rulfo kabi yozuvchilar D. ijodidan unumli foydalanishgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |