Darlingtoniya (Darlingtonia californica) — sarratseniyadoshlar oilasiga mansub koʻp yillik hasharotxoʻr oʻt. Kaliforniyaning Syerra-Nevada botqokliklarida oʻsadi. Barglari naysi-mon koʻzachaga oʻxshaydi, uchi olabula, qayrilgan, baliq dumiga oʻxshab ketadigan rangdor ortigʻi bor. Bargining ichki sirti pastga qaragan tuklar bilan qoplangan, ularning orasida shiradonlar bor. Shiraga kelgan hasharot barg ichiga tushsa, tashqariga chiqa olmay, nobud boʻladi, chirituvchi bakteriyalar taʼsirida parchalanadi; parchalanishdan hosil boʻlgan mahsulotlarni barg soʻrib oladi.

Darlingtoniya
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil