Bosh menuni ochish

Daromadlarni indekslash yoki daromadlar indeksatsiyasi — isteʼmol buyumlari narxlari darajasiga muvofiq turli aholi toifalarining nominal daromadlari (ish haqi, nafaqa, stipendiya, pensiya va boshqalar)ni davlat tomonidan muntazam oshirish; aholini inflyatsiyadan ijtimoiy himoyalash tadbirlaridan biri.[1] Narx-navo indeksi tirikchilik uchun zarur tovarlar majmui — oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor tovarlari, xizmatlar boʻyicha hisoblanadi (qimmatbaho buyumlar, avtomashina, billur va boshqa nodir tovarlarga qilinadigan harajatlar bu hisobga kirmaydi). Birinchi navbatda eng kam daromad oluvchi va daromadi belgili boʻlgan aholi toifalari daromadlari indekslanadi.

OʻzbekistondaTahrirlash

Oʻzbekistonda bozor islohotlariga oʻtish davrining dastlabki bosqichida (1991—96) hukumat aholini bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoyalash davlat dasturini ishlab chiqdi va amaliyotga joriy eta boshladi. Unga koʻra, aholi turmush tarzining pasayib ketishi oldini olish maqsadida 1992—95-yillarda har yili 4 martadan, 1996—98-yillarda har yili 2 martadan daromadlarni indekslash oʻtkazildi, daromadlar 20—50% gacha indeksatsiya qilindi. Oʻzbekistonda ish haqi tarif tizimi orqali tabaqalashtirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi toʻlashning yagona razryadlari belgilangan. Narxlar oʻsishi bilan minimal ish haqida darajasi (1-razryad) hamda barcha razryadlar ular oʻrtasidagi nisbat saqlangan holda oshirib boriladi. Maasalan, 2001-yil 1-avgustdan boshlab ish haqining minimal darajasi 3430 soʻm qilib belgilandi. Daromadlarni indekslash mamlakatda inflyasiya surʼatlari 20% gacha boʻlgan taqdirdagina samara berishi mumkin.

ManbalarTahrirlash

  1. Salimmov, Sadir (2000-2005). "Daromadlarni indekslash". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.