Darqad tumani
Darqad tumani (pushtucha: درقد ولسوالۍ) – Afgʻonistonning Takhar viloyatidagi tuman. Tumanda 34 ta qishloq bor. Darqad tumanlar orasida maʼmuriy jihatdan oʻzgarmagan tumanlardan biri hisoblanadi[1]. 2018-yil oxiriga yaqin tuman Afgʻoniston hukumatidan farqli oʻlaroq, Tolibon taʼsirida boʻlgan deb taxmin qilingan[2]. Tuman 2021-yilning avgustigacha Tolibon nazoratida boʻlgan[3].
Darqad tumani درقد ولسوالۍ | |
---|---|
tuman | |
37°27′13.64″N 69°29′56.44″E / 37.4537889°N 69.4990111°E | |
Mamlakat | Afgʻoniston |
Aholisi (2015) |
25 152 |
|
Geografiyasi
tahrirDarqadning maydoni 393 kvadrat kilometrni tashkil etadi, bu nisbatan White oroliga teng[4]. Tuman Panj daryosining irmogʻi va Ab-i Rustaq daryosining suv havzasi yaqinida joylashgan[5]. Darqadda 34 ta qishloq bor.
Tuman sharqdan Yangi Qalʼa, janubi-sharqdan Xoʻja Bahouddin, janubdan Dashti Qalʼa, gʻarb va shimoldan Xatlon tumanlari bilan chegaradosh. Xatlon Tojikiston Respublikasiga qarashli viloyati boʻlib, qolgan barcha obyektlar Taxar viloyatining tumanlari hisoblanadi[6]. Darqadni Tojikistondan Panj daryosi ajratib turadi[7].
Demografiyasi
tahrirDarqadda 25152 nafar aholi istiqomat qiladi. Oʻrtacha yosh – 14,9. Tuman aholisining 45,8 foizi ishlasa, qolganlari ishsiz. Uy xoʻjaliklarining oʻrtacha kattaligi 6,7 kishini tashkil qiladi yaʼni Darqadda taxminan 3754 xonadon bor.
Iqtisodiyot
tahrirTumanda bir nechta asosiy yoʻllar mavjud, ammo muvofiqlashtirilgan transport tizimi mavjud emas. Darqadda tabiiy konlar va oʻrmonlar mavjud. Tumanda qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullaniladi, lekin baʼzida yerni Panj daryosining toshishi oqibatida suv bosadi. Darqadda sifatli urugʻlar, oʻgʻitlar, malakali fermerlar yetishmaydi.
Darqad va Tojikiston oʻrtasida qimmatli kontrabanda yoʻllari mavjud[8].
Taʼlim va sogʻliqni saqlash
tahrirDarqadda bir nechta maktablar bor, ulardan baʼzilari diniy maktablardir. Biroq maʼmuriy korrupsiya, mablagʻ, texnika, yer yetishmasligi, ichimlik suvi tanqisligi kabi holatlar mavjud. 15-24 yoshdagi aholining yarmigina oʻqiy oladi.
Tumanda shifokorlar va emlash punktlari boʻlgan bir nechta asosiy sogʻliqni saqlash markazlari mavjud. Darqadda professional shifokorlar, asbob-uskunalar, texnologiyalar va shifoxona yetishmaydi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Story Map Series“. mapsynch.maps.arcgis.com. Qaraldi: 3-avgust 2020-yil.
- ↑ „Quarterly Report to the United States Congress“. sigar.mil (30-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 3-avgust 2020-yil.
- ↑ „Mapping the advance of the Taliban in Afghanistan“ (inglizcha). BBC News (5-avgust 2021-yil). Qaraldi: 5-avgust 2021-yil.
- ↑ „Islands by land area“. islands.unep.ch (1998). 2018-yil 20-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
- ↑ „Part IV: Description of Watersheds“. aizon.org. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
- ↑ „Afghanistan Administrative Divisions“. aims.org.af. 2010-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
- ↑ „Darqad, Afghanistan“. google.com. Google Maps. Qaraldi: 1-avgust 2020-yil.
- ↑ Bell, Anthony; Witter, David; Whittaker, Michael (2011). „REVERSING THE NORTHEASTERN INSURGENCY“. Institute for the Study of War.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam)