Darren Jamieson (talaffuzi: Darren Jeymison) (1991-yil 15-fevralda tugʻilgan) — shotlandiyalik professional futbolchi. Darren Jamieson „Kelty Hearts“ futbol klubida darvozabon sifatida oʻynaydi[1].

Darren Jamieson
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 15-fevral 1991-yil (1991-02-15) (33 yosh)
Tavallud joyi Livingston, Shotlandiya
Boʻyi 1.85 m
Ampluasi darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Kelty Hearts
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2010 Livingston
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2010—2016 Livingston 82 (0)
2016Boʻness United (ijara)
2016—2018 Hamilton Academical 2 (0)
2018—2020 Arbroath 42 (0)
2020 Kelty Hearts 13 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 26-iyun uchun)

Darren Jamieson futbolchilik faoliyati davomida „Livingston“, „Boʻness United“, „Hamilton Academical“ va „Arbroath“ futbol klublarida oʻynagan edi.

Yoshligi tahrir

Darren Jamieson Gʻarbiy Lothianning Polbeth shahrida oʻsgan va West Calder oʻrta maktabida oʻqigan. U yoshligidanoq Danny Wilson va Rhys McCabe kabi professionallar bilan „Murieston United“ futbol klubi safida oʻynagan. Keyin Jamieson „Rangers“ klubida sinov muddatini oʻtadi. Keyin esa „Livingston“ klubiga qoʻshildi.

Faoliyati tahrir

Livingston tahrir

"Livingston" klubining yoshlar jamoasida tarbiyalangan Darren Jamieson asosiy jamoadagi ilk oʻyinini 2010-yil 27-aprelda Shotlandiya uchinchi divizioni vakili „Albion Rovers“ futbol klubiga qarshi oʻyinda (2:0 hisobidagi gʻalaba) oʻtkazdi[2]. Uning navbatdagi oʻyini 2011-yil 7-may kuni Shotlandiya ikkinchi divizionida „Alloa Athletic“ futbol klubiga qarshi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozonganilgan oʻyinda boʻlib oʻtdi[3]. Keyingi bir necha mavsumda Darren Jamieson asosan asosiy jamoada zaxira posboni sifatida foydalanildi. U 2012—2013-yilgi mavsum oxirida Shotlandiya birinchi divizionida ketma-ket uchta oʻyinda maydonga tushdi. Jamieson „Livingston“ klubidagi 1-raqamli darvozabon sifatida oʻz oʻrnini mustahkamladi va birinchi mavsumida klubni № 1 sifatida beshta penaltidan qutqardi[4]. U mavsum yakuniga koʻra ham yosh futbolchi, ham yilning eng yaxshi oʻyinchisi deb topildi.

„Rangers“ klubi darvozaboni Liam Kelly 2016—2017-yilgi mavsum boshida „Livingston“ klubiga ijara asosida qoʻshilganidan soʻng, Jamieson Shotlandiya oʻsmirlar futboli boʻyicha Sharqiy mintaqa super ligasi vakili „Boʻness United“ futbol klubiga ijaraga yuborildi[5].

Hamilton Academic tahrir

Darren Jamieson „Livingston“ futbol klubini 2016-yilning 31-avgustida tark etdi[6]. „Livingston“ klubi murabbiylarining soʻzlariga koʻra, Darren Jamieson Premer-ligadagi „Hamilton Academical“ klubiga qoʻshilish uchun qoʻyib yuborilgan[7], lekin u 9-sentyabrgacha „Hamilton“ jamoasi aʼzosi emas edi[8]. Nihoyat, „Boʻness“ klubi bilan ijara shartnomasi tugaganidan soʻng, Darren Jamieson oʻsha oy oxirida „Hamilton“ klubi bilan shartnoma imzoladi[9].

Arbroath tahrir

Keyin Jamieson 2018-yilning may oyida „Arbroath“ futbol klubi bilan shartnoma imzoladi[10].

Kelty Hearts tahrir

Darren Jamieson 2020-yil iyul oyida „Kelty Hearts“ futbol klubi bilan shartnoma imzolagan edi[11].

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Milliy kubok Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Livingston 2010—2011 Shotlandiya Uchinchi divizioni 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2010—2011 Shotlandiya Ikkinchi divizioni 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0
2011—2012 Shotlandiya Birinchi divizioni 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2012—2013 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
2013—2014 Shotlandiya chempionati 31 0 0 0 2 0 1 0 34 0
2014—2015 36 0 1 0 3 0 5 0 45 0
2015—2016 10 0 1 0 3 0 2 0 16 0
Jami 82 0 2 0 8 0 9 0 101 0
Hamilton Academical 2016—2017 Shotlandiya Premer ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2017—2018 2 0 0 0 0 0 2 0
Jami 2 0 0 0 0 0 0 0 2 0
Arbroath 2018—2019 Shotlandiya Birinchi ligasi 35 0 1 0 3 0 0 0 39 0
2019—2020 Shotlandiya chempionati 7 0 1 0 2 0 0 0 10 0
Jami 42 0 2 0 5 0 0 0 49 0
Jami 126 0 4 0 13 0 9 0 152 0

Manbalar tahrir

  1. „TRANSFER NEWS“ (inglizcha). Twitter. Qaraldi: 7-iyul 2020-yil.
  2. „Livingston 2-0 Albion Rovers match report“. BBC (27-aprel 2010-yil). Qaraldi: 28-aprel 2013-yil.
  3. „Games played by Darren Jamieson in 2010/2011“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 28-may 2013-yil.
  4. „Darren Jamieson saves day for Livingston with third penalty stop in four games“ (27-mart 2014-yil).
  5. „DJ lends Bo'ness a hand“. livingstonfc.co.uk. Livingston FC (10-avgust 2016-yil). Qaraldi: 29-avgust 2016-yil.
  6. „Completed Transfers - Deadline Day August 2016“. Scottish FA (31-avgust 2016-yil). Qaraldi: 31-avgust 2016-yil.
  7. „Darren Jamieson: Goalkeeper released to join Hamilton, say Livingston“. BBC Sport. BBC (1-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2016-yil.
  8. „Squad and Squad Number Update“. Hamilton Academical F.C. (9-sentabr 2016-yil). 2016-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  9. „Goalie Signs“. Hamilton Academical F.C (25-sentabr 2017-yil). 2020-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
  10. „Darren Jamieson“. Arbroath FC (22-may 2018-yil). 2018-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2018-yil.
  11. „TRANSFER NEWS“ (inglizcha). Twitter. Qaraldi: 7-iyul 2020-yil.