Darvesh muhammad (15-asr) — miniatyurachi rassom. Musavvir Shoh Muzaffar va Kamoliddin Behzodnning shogirdi. Hirotda, keyinchalik Hindistonda yashab ijod qilgan. U koʻchirib bezagan Saʼdiyning "Guliston" asari qoʻlyozmasi Eron davlat kutubxonasida saqlanadi. Shogirdi Mirzo Muhammad Haydar "Tarixi Rashidiy" asarida ustozining asarlari (mas, Nayzasining uchida sherni koʻtarib turgan suvoriy) haqida toʻxtalib oʻtgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil