Darvesh ali (15-asr) — shoir, xattot, tabib. Fors tilida ijod qilgan. Muammo, qasida va ruboiylar yozgan. Sheʼrlar devoni hali topilmagan. Navoiy "Majolis un-nafois"da D.A. haqida "...tabobatqa mashgʻuldur va bu fanning hoziq va mohirlari aning tabʼin taʼrif qiladurlar. Muolijasin ham koʻrganlar ukodurlar. Tabʼi ham yaxshidur. Ammo muammogʻa koʻprak mashgʻuldir", deydi. D. A. Jomiy "Bahoriston"i, Navoiy "Chor devon"ining 1-va 2-kitoblarini, Muhammad Tohir Gʻazzoliining "Maʼrifat ul-mazohib" risolasini nastaʼliq xatida koʻchirgan. Bu dastxatlar Oʻzbekistan Fanlar akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida saqlanadi (inv. № 2227, 4007, 7701, 3376).

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil