Darvish Ahmad Qonuniy (15 a., Samarqand) — sozanda (qonun, chang , rubob), xonanda, bastakor. Mashhur Hofiz Kichik, Sulton Ahmad Noyi kabilar bilan birga koʻproq Xoʻja Ahror yiginlarida ijod etgan. Mashqlari Samarqand musiqa shinavandalariga kuchli taʼsir qilgan. Xalq sayillarida faollik koʻrsatgani uchun Xoʻja Ahror tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlangan.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil