Mahmud Darvish
(Darvish Mahmuddan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mahmud Darvish (arabcha: محمود درويش; 1941.13.3, Akka sh. yaqinidagi Barva qishlogʻi) – falastinlik arab shoiri, jamoat arbobi, jurnalist. Yoshligi Hayfada oʻtgan. Falastin xalqi ozodligi haqidagi sheʼrlari uchun isroillik tajovuzkorlar tomonidan bir necha bor qamalgan. 1971 yilda vatanidan chiqib ketishga majbur boʻlgan. Qohira, Bayrutda yashagan. Ijodi asosan vatan ozodligi uchun kurash mavzuida („Qanotsiz qushlar“, „Zaytun barglari“, 1961; „Falastinlik oshiq“, 1966; „Tunning oxiri“, 1969; „Odatdagi gʻamgin kunlar“, 1973; „Ovoz“, 1980 va b.). Sheʼrlari oʻnlab xorijiy tillarga, jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan. D. „Nilufar“ xalqaro adabiy mukofoti laureati (1969).
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |