Darya Naumova

Belaruslik ogʻir atletikachi

Darya Sergeyevna Naumova (belaruscha: Дар'я Сяргееўна Навумава; 1995-yil 26-avgust, Belarusiya, Mogilyov viloyati, Potok qishlogʻi) — belaruslik ogʻir atletikachi, dastlab −75 kg vazn toifasida ishtirok etgan. 2016-yilgi Rio-de-Janeyro Olimpiadasining kumush medali sovrindori[1] va 2020-yili Tokioda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2019- yilgi Yevropa chempioni. 2018-yilgi jahon chempionati sovrindori. Belarus Respublikasining xalqaro toifadagi sport ustasi.

Darya Naumova
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Tavallud sanasi 26-avgust 1995-yil (1995-08-26) (29 yosh)
Mogilyov viloyati, Potok qishlogʻi, Belarus Respublikasi
Boʻyi 1.65 m
Vazni 77.89 kg
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika

Tarjimai holi

tahrir

Darya Sergeyevna Naumova 1995-yil 26-avgustda Belarusning Mogiyov viloyati, Klichevskiy tumani, Potok qishlogʻida tugʻilgan. Sloboda nomli maktabda tahsil olgan[2]. Darya maktabning 10-sinfiga qadar yadro va disk uloqtirish bilan shugʻullangan. Keyin esa ogʻir atletikaga oʻtgan va boʻyi pastligi tufayli kattalar darajasida musobaqalashish qiyinligi murabbiylar tomonidan tushuntirilgan. Bobruysk olimpiya zaxiralari maktabini tamomlagan. Hozirda Belarus davlat universitetining yuridik fakultetida 2-mutaxassislik uchub oʻqimoqda[manba kerak]. Bobruyskda yashaydi.

Oilasi

tahrir
  • Otasi — Sergey Mixaylovich Naumov.
  • Onasi — Irina Matveyevna Naumova.
    • Katta opasi — Polina (1987-yilda tugʻilgan), kollejda oʻqituvchi, yoshligida ogʻir atletika bilan shugʻullangan.
    • Oʻrtancha opasi — Marina (1990-yilda tugʻilgan), maktabda oʻqituvchi.

Siyosiy qarashlari

tahrir

2020-yilda Belarusdagi noroziliklar bostirilganidan keyin mamlakatning amaldagi hukumatini qoʻllab-quvvatlovchi sport arboblarining ochiq xatiga imzo chekdi[3][4].

Faoliyati

tahrir

Xalqaro maydondagi debyutini 2012-yilda yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida −69 kg vazn toifasida amalga oshirgan. Keyinchalik 75 kg vazn toifasida ishtirok etgan[5].

2018-yil noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida −81 kg vazn toifasida belaruslik sportchi umumiy 245 kilogramm ogʻirlikni koʻtarib, kumush medalni qoʻlga kiritgan. Shu bilan birga, dast koʻtarishda 137 kg., siltab koʻtarishda esa 108 kg natija bilan kichik bronza medaliga sazovor boʻldi.

2019-yilda Batumida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Darya −76 kg vazn toifasida jami 242 kg vaznni koʻtarib, chempion unvoniga sazovor boʻlgan. Dast koʻtarishda ikkinchi oʻrinni (106 kg), siltab koʻtarishda esa birinchi oʻrinni (136 kg) olgan.

Asosiy natijalari

tahrir
Yil Musobaqalar Manzil Ogʻirlik toifasi Dast koʻtarish Siltab koʻtarish Jami Oʻrin
2014-yil Ogʻir atletika boʻyicha Yevropa chempionati Tbilisi, Gruziya −75 kg 108 kg 133 kg 241 kg 4
2015 yil Ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati Hyuston, AQSh −75 kg 115 kg 142 kg 257 kg 5
2016 yil Yozgi Olimpiya oʻyinlari Rio-de-Janeyro, Braziliya −75 kg 116 kg 142 kg 258 kg  

Manbalar

tahrir
  1. „Darya Naumava“. 2016-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
  2. „Леди «железных игр»: кличевлянки на деле доказали, что штанга им по плечу“. 2016-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.
  3. „Стало известно, кто подписал открытое письмо спортсменов, выступающих за власть“ (ru). sport.tut.by (2020-yil 24-noyabr). 2020-yil 24-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 24-noyabr.
  4. „Подписи“. athletes.by. 2020-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  5. „Наумова Дарья“. 2016-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-avgust.