Dashnobod – Surxondaryo viloyati Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi soy, Toʻpolondaryoning chap irmogʻi. Hisor tizmasining tarmogʻi – Qoldirgʻa togʻining janubi-gʻarbiy yon bagʻridan oqib tushuvchi 60 ga yaqin irmoqning qoʻshilishidan hosil boʻladi. Boshlanishida Sulpasan, yuqori oqimida Obizarang, oʻrta oqimida Labob va quyi oqimida Dashnobod deb ataladi. Uzunligi 58 km, havzasining mayDashnobod 330 km2. Dashnobod qor-yomgʻir va buloq suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 3,67 m-/sek. Tulin suv davri mart – iyunda kuzatiladi, suvining 85— 90% shu oylarda oqib oʻtadi. Dashnobodda suv aprelda keskin koʻpayib (oʻrtacha suv sarfi 12,3 m3/sek), oktyabr,—noyabrda kamayadi, baʼzan qurib qoladi. Bahorda koʻpincha sel toshqinlari kuzatiladi va daryo suvi 84,5 m3/sek.gacha ortadi. Dashnoboddan Obizarang, Shargʻun, Dashnobod, Soʻfi-yon qishloq ekinzorlari sugʻoriladi. [1]

Dashnobod
Tavsif
Uzunligi 58
Davlat Oʻzbekiston

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jilDashnobod Toshkent, 2000-yil



  1. OʻzME. Birinchi jilDashnobod Toshkent, 2000-yil