Dastkard, Dastkart (paxlaviycha; armancha — dastakert) — Parfiya davlati, Sosoniylar Eroni va Armanistonda (taxminan 5-asrgacha) xususiy yoki podshoga qarashli boʻlib qullar tomonidan ishlov beriladigan yer-mulk. D. deb qoʻl mehnati bilan ishlov berilgan alohida yer uchastkasi ham atalgan; paxlaviy manbalarida D. qishloqlar (deh), yaʼni qishloq jamoalaridan, arman manbalarida esa qishloq jamoalari (shen) dan alohida qayd etib oʻtilgan. Oʻrta Osiyoda D.ga mehnat faoliyati jihatidan posira toʻgʻri keladi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil