Dasturxoniy — ertagi olma navi. R. R. Shreder nomidagi Bogʻdorchilik, uzumchilik va vinochilik i.-t. institutida Yozgi (Persik letniy) navini nav ichida changlatish yoʻli bilan chiqarilgan. Daraxti oʻrtacha kattalikda, keng shoxshabbali. Koʻchati oʻtqazilgandan soʻng 5—6-yili hosilga kiradi. Aprelning oʻrtalarida gullaydi. Mevasi oʻrtacha kattalikda (120—200 g), pusti och yashil, sargʻish, eti och novvot rang, oʻrtacha suvli, shirin-nordonroq, 20 yillik daraxtlaridan 400–500 kg gacha hosil olinadi. Iyul oyining oxirlarida pishadi. Uzoq joylarga joʻnatishga yaroqli. Oʻzbekistonning barcha zonalarida ekish uchun tavsiya etilgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil