Datch bebi
Datch bebi (ingl. Dutch Baby — „Gollandiyalik maydalangan“, „Gollandiyalik mittivoy“), shuningdek, Dutch baby pancake, German pancake[1], Bismarck, yoki Dutch puff — duxovkada pishiriladigan, pishirish vaqtida koʻtariladigan va yoriladigan amerikacha pankeyk yoki quymoq.
Katta yorkshir pudingini eslatadi[2]. Uning xamiri koʻpchilik pankeyk va quymoqlarga qaraganda quyuqroq va tarkibida nonvoy kukuni kabi xamirturushlar mavjud emas. Datch bebi gʻoyasi nemis Pfannkuchendan olingan boʻlishi mumkin, ammo zamonaviy retsept AQShda 1900-yillarning boshlarida paydo boʻlgan[3][4][5].
Ingredientlar va tayyorlash
tahrirTuxum, un, shakar va sutdan tayyorlanadi, odatda vanil va doljin qoʻshiladi, baʼzida mevalar qoʻshiladi. Asosiy xamirga bitta tuxumga bir stakan unning uchdan biri va stakan sutning uchdan biri qoʻshiladi.
U qaynoq poʻlat yoki metall tovada pishiriladi va duxovkadan chiqarilgandan soʻng qisqa vaqt ichida pasayadi. U odatda yangi siqilgan limon, sariyogʻ va shakar upasi, mevali nachinka yoki sirop bilan tortiladi[6].
Uni nonushta, tushlik, branch, lanch yoki desert sifatida tortish mumkin. Datch bebi odatda duxovkadan chiqarilgandan soʻng tezda dasturxonga tortiladi.
Datch bebi datch bebi va shunga oʻxshash ichida olma boʻlaklari boʻlgan Baby apple deb nomlanuvchi quymoq tayyorlaydigan Oregonda joylashgan The Original Pancake House yoki Yangi Angliyada asos solingan Bickford’s kabi nonushta uchun taomlarga ixtisoslashgan baʼzi Amerika tamaddixonalari va fast-fud tarmoqlarining oʻziga xos taomi.
Tarix
tahrirSunset jurnaliga koʻra, datch bebi 1900-yillarning birinchi yarmida Vashington shtatining Sietl shahrida joylashgan va Viktor Mankaga tegishli boʻlgan Mancaʼs Cafe oilaviy restoranida paydo boʻlgan[7]. Datch baby nomini Viktor Mankaning qizlaridan biri oʻylab topgan, bu yerda „dutch“ uning nemischa „deutsch“ soʻzining buzilgan koʻrinishi boʻlishi mumkin, chunki oldin bu quymoqlarni tayyorlash uchun nemis retsepti ishlatilgan. Mancaʼs kafesi u 1942-yilda datch bebi retseptiga savdo markasiga ega boʻlganini daʼvo qilgan[8].
Shunga oʻxshash taomlar
tahrirDatch bebi — popoverning bir varianti. Popoverlar (popovers) — qaynatma pirojniylarga oʻxshash amerikaning ichi boʻsh bulochkalari. Quymoq xamiridan tayyorlanadi, duxovkada keks qoliplarida pishiriladi. Yuqori harorat taʼsirida popoverlar shishadi va goʻyoki qoliplardan „sakrab chiqayotgan“dek kattalashib boradi, shu sababli ular „sakrovchi bulochkalar“ degan ikkinchi nomini olgan. Oʻz navbatida, popover yorkshir pudingining Amerika versiyasi deb hisoblanadi. Farqlar: yorkshir pudingi koʻpincha alohida porsiyalarda pishiriladi, tova odatda mol yogʻi bilan yogʻlanadi va u kamdan-kam shirin boʻladi. „Gollandiyalik kichkintoy“ sariyogʻ bilan tayyorlanadi va bunday quymoqlar odatda shirin boʻladi. Ular uchun yorkshir pudingiga nisbatan koʻproq tuxum ishlatiladi, tarkibida shakar va vanilni mavjud va yorkshir pudingidan farqli oʻlaroq, odatda poʻlat tovada pishiriladi[9].
Manbalar
tahrir- ↑ The Hotel St. Francis Cook Book by Victor Hirtzler, 1919, 381 p.
- ↑ Dutch Baby or Yorkshire Pudding? Brits Argue Their Savory Dish Should Never Go Sweet. Adam Campbell-Schmitt
- ↑ Giant Pancake Is Breakfast and Dessert by Sam Obrien[sayt ishlamaydi]
- ↑ Seattleʼs Dutch Babies Are the Sweet, Savory Breakfast Food You Deserve by Lucas Peterson
- ↑ Lost Restaurants of Seattle. Chuck Flood. Arcadia Publishing, 2017.- 38 p. ISBN 978-1-4671-3704-1
- ↑ Blin „Gollandskaya kroshka“ (v duxovke)
- ↑ History of Mancaʼs Cafe — mancaʼs café
- ↑ Pancake: A Global History. Ken Albala. Reaktion Books, 2013. — 10p. ISBN 978-1-78023-237-9
- ↑ Have Americans re-invented the Yorkshire pudding as the 'Dutch Baby'? Tomé Morrissy-Swan