Davlat buyurtmasi - davlat talabi bilan (shartnoma yoki kelishuv asosida) korxona, tashkilot, xoʻjaliklarga muayyan mahsulot turini belgilangan muddatlarda i.ch. va yetkazib berish, davlat ehtiyojlari uchun tegishli xizmatlar koʻrsatish, shuningdek, i.ch., noishlab chiqarish va ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish va b.; iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish (tartiblash) vositalaridan biri. D.b. asosan umumdavlat va ijtimoiy vazifalarni hal etish, ilmiytexnikaviy dasturlarni bajarish, mamlakat mudo-faasini mustahkamlash va iqtisodiy mustaqillikni taʼminlash, ijtimoiy i.ch.ni rivojlantiruvchi eng muhim ilmiy tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalarni amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetkazib berish, davlatning markazlashgan mablagʻlari hisobidan i.ch. va ijtimoiy sohalar uchun yangi quvvatlar, obʼyektlar yaratish va b. maqsadlarda beriladi. D.b. davlat organlari (tashkilotlari) tomonidan tanlov (tender) asosida joylashtiriladi. Uni bajarish maxsus shartnoma bilan kelishiladi va birinchi navbatda ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish moʻljallanadi. D.b.ni bajarish korxonalarga muayyan imtiyozlar yaratadi, davlat xom ashyo taʼminoti, ish oʻrinlari va mahsulot sotilishini kafolatlaydi. Davlat korxonaga zarur moddiy resurslarni buyurtmachi sifatida yetkazib beradi va korxo-nadan mahsulotni kelishilgan narxlarda xarid qiladi. Mamlakatlar bozor iqtisodiyotiga oʻtishi bilan D.b. ning hissasi keskin kamayib boradi. Ammo baʼzi doiralar (mas, mudofaa, fan, sogʻliqni saqlash, bolalar isteʼmoli mollari i.ch. va b.)da D.b. saqlanib qoladi. Masalan, hozirgi Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi ekinlaridan faqat paxta va don uchun (1996 y.dan xoʻjaliklarda yetishtirilgan paxta tolasi va don boʻyicha 50% darajasida) D.b. saqlanib qolgan[1].

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. „Xaridlarni amalga oshirish uchun tanlov hujjatlarini qanday tuzish mumkin?“. 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-iyul.