Davlat xaridi — byudjet mablagʻlari hisobiga hukumat yoki davlat idoralari tomonidan sotib olinadigan, mamlakatda yoki chet ellarda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar. Bunday xarid davlat tomonidan davlatning oʻz ehtiyojlari (mas, uskuna-jihozlar, qurol-yarogʻ sotib olish), aholi isteʼmolini taʼminlash va davlat zaxiralarini (don, oziq-ovqat va b. xaridi) yaratish maqsadlarida amalga oshiriladi. Mamlakatning oʻzida ishlab chiqarilayotgan sanoat tovarlari va yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini xarid qilishda davlat maʼlum narxlar belgilaydi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil