Davlat kengashi — 1) ayrim xorijiy mamlakatlar (Fransiya, Ispaniya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg, Ekvador, Gretsiya, Kolumbiya)da asosiy davlat muassasalaridan biri, u yo oliy maʼmuriy adliya organi, yo konstitutsiyaviy nazorat organi, yo boʻlmasa baʼzi mamlakatlarda bir vaqtning oʻzida davlat boshligʻi huzuridagi maslahat organi hisoblanadi; 2) Shvetsiya, Norvegiya, Finlandiya, XXR, Koreya Respublikasida hukumatning rasmiy nomi; 3) 1810—1906 yillarda Rossiya imperiyasida qonun chiqaruvchi oliy maslahat organi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil