Davlat kotibi — Yevropa va Amerikaning bir necha davlatlarida oliy davlat amaldorlarining nomi. Mas, AQShda — Davlat departamenti, yaʼni tashqi siyosiy mahkamasining rahbari; Buyuk Britaniyada — ichki ishlar, mudofaa, Shotlandiya ishlari boʻyicha va sh.k. ayrim mahkamalarning boshligʻi; Belgiyada D.k. amalda vazirlarning oʻrinbosari hisoblanadi. Meksika va Lotin Amerikasining boshqa baʼzi mamlakatlarida vazirlar D.k. deb nomlanadi.

AdabiyotTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil