Davlat madhiyasi
si — (yunon. humnos — gimn, tantanali qo‘shiq) Vatanni, davlatni, tarixiy voqealami, ularning qahramonlarini ulug‘lovchi sheʼriy-musiqiy asar, davlatning ramzlaridan biri. Madhiya tanatanali qo‘shiq bo‘lib, rasmiy davlat marosimlari, bayram tantanalarida, davlat delegatsiyalari, mehmonlarni kutib olish va kuzatish chog‘ida ijro etiladi. Davlat madhiyasi ijro etilganda hamma ishtirokchilar o‘rnidan turadi. Harbiylar qo‘llarini chakkalariga tekizgancha („chest“ berib) turadi, fuqarolar bosh kiyimlarini yechib, tikka, qo‘lni ko‘krakka qo‘yib tinglaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi gerb va bayroq bilan birga Oʻzbekiston Respubiikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respubiikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 10-dekabrdagi 768-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g‘risidagi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Qonunda madhiyamiz davlat suverenitetining ramzi, unga katta ehtirom bilan qarash har bir yurtdoshimizning vatanparvarlik burchidir, deb belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, mamlakatimizda yashab turgan boshqa shaxslar ham madhiyamizni hurmat qilishi shartligi alohida taʼkidlangan.
Davlat madhiyasining muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo'lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov yaratgan. Madhiyada xalqimizning ezgu orzu-umidlari, kelajakka mustalikam ishonchi teran ifodalangan. Unda mardona va sharaflarga boy o‘tmishimiz, milliy anʼana va qadriyatlarimiz, tinchligimiz , osoyishtalik, millatlar aro totuvlik va birodarlik kabi umuminsoniy tuyg‘ular tarannum etilgan.
Madhiya — qalbida oʻz Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bor har qanday kishida milliy g‘urur, o‘ziga xos faxr, eng muhimi yurtga mehr uyg‘otadi. Bu milliy timsolda xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagi, shuningdek, ziynati, orzu-o‘yi, maslak-maqsadi mujassam. O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga yuksak ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.
Òzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi
tahrirSerquyosh hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mash’ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!
Naqorat:
Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Adabiyotlar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |