Davlat monopoliyasi
Davlat monopoliyasi - jamiyatda muayyan iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, ayrim tovarlarni i.ch. yoki baʼzi tovarlar savdosi boʻyicha davlatning yagona egalik qilish huquqi. Ayrim mamlakatlarda katta foyda beradigan spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, qurol-yarogʻlar i.ch., pul bosib chiqarish, eksport va import nazorati va b. D. m. hisoblanadi. Davlat oʻz monopoliyasi boʻlgan faoliyat turini yashirin amalga oshirishga yoʻl qoʻymaslik choratadbirlarini koʻradi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasida davlat mulki hisoblanadigan va uning tasarrufida boʻlgan, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin boʻlmagan boyliklar, korxonalar, molmulk turlari hamda guruhlari roʻyxati OʻzR Oliy Majlisi qarori bilan (1995 y. 31-avgust) belgilab qoʻyilgan (qarang Monopoliya, Monopoliyaga qarshi konunchilik).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |