Davlat nav sinash tarmogʻi
Davlat nav sinash tarmogʻi - ekinlarning yangi navlarini har tomonlama baholash va muayyan tuproq-iqlim sharoitlarida yetishtirishga yarokliligini tekshirish maksadlarida oʻrganish va sinab koʻrish tizimi. Seleksiya muassasalarida chiqarilgan yangi navlar sinash bosqichlari yakunlanganidan soʻng sinash ishlarini davom ettirish uchun D.n.st.ga topshiriladi.
D.n.s.t. davlat nav sinovini amalga oshiradigan davlat nav sinash uchastkalari majmuidan iborat. Davlat sinovi ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan davlat nav sinash uchastkalarida belgilangan uslub va muddatlarda (uch yildan 10—15 yil va undan ortiq) oʻtkaziladi. D.n.s.t.ning nav sinash uchastkalari (baza xoʻjaliklari)da qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi va yaxshilangan seleksion, mahalliy va xorijiy navlari va duragaylarini hosildorlik, texnologik xossalar, mahsulot sifati, kasallik va zararkunandalarga bardoshi boʻyicha sinash, yangi navlarni turli agrotexnika usullarida, tuproq-iqlim sharoitlarida sinash, istiqbolli navlarni i.ch. sharoitlarida sinash va ularning himoyaga layoqatliligi boʻyicha davlat sinovi ishlari va b. amalga oshiriladi. Eng yaxshi navlar baholanib, ajratib olinadi va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasi tomonidan respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xoʻjaligi ekinlari Davlat reyestriga kiritiladi (qarang Nav sinash).
Oʻzbekistonda dastlabki nav sinash tarmogʻining shakllanishi 1914-yilda Mirzachoʻl tajriba st-yasida, Andijon qishloq xoʻjaligi tajriba st-yasida gʻoʻza navlari sinovidan boshlandi (82 sinalgan navdan 12 nav tanlab olingan). 1924-yildan dastlab sobiq Ittifoq Yer ishlari xalq komissarligi qoshida D.n.s.t. tashkil etildi. 1926-yildan bu tarmoq Butunittifoq oʻsimlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti (VIR) tasarrufiga oʻtkazildi. 1937-yildan D.n.s.t. VIR tarkibidan SSSR Yer ishlari xalq komissarligi (keyin-chalik Qishloq xoʻjaligi va tayyorlash vazirligi)ga oʻtkazildi va qishloq xoʻjaligi ekinlarini sinash davlat komissiyasi deb atala boshladi.
1937—1989-yillarda don ekinlari, moyli va yem-xashak ekinlari, texnika ekinlari, gʻoʻza navlarini sinash davlat komissiyalari yoki yagona qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi ishladi. Shu davrda sobiq Ittifoq boʻyicha qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi va barcha ittifokdosh respublikalarda, shu jumladan Oʻzbekistonda ham mazkur komissiyaning inspekturasi va nav sinash tarmogʻi (uchastkalari) faoliyat koʻrsatgan.
1990-yil boshidan Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi tashkil etildi. Oʻzbekistonda „Seleksiya yutuklari toʻgʻrisida“ (1996 i. 30-avgust) va „Urugʻchilik toʻgʻrisida“ (1996-yil 29-avgust) qonunlari qabul qilinishi munosabati bilan D. n. st. vazifalari ham kengaydi. Respublikaning jami viloyatlari tumanlarida joylashgan 58 nav sinash shoxobcha (uchastkami faoliyat koʻrsatdi. D.n.s.t. uchun baza tarzida tanlangan xoʻjaliklarda gʻoʻza, qand lavlagi, bugʻdoy, arpa, makkajoʻxori, moyli, dukkakli don, sabzavot-poliz, yemxashak ekinlari, mevali daraxtlar, tok, subtropik mevalar va b.ning yangi navlarini sinash ishlari olib boriladi (2001). D.n.s.t. tarkibida 3 lab. (Toshkent va Vodil kimyo-texnologiya, Toshkent texnologiya), 1 nav sinash st-yasi ishlaydi (yana q. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi).
Zoir Ziyatov.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |