Davlat rezervlari
Davlat rezervlari, davlat zaxiralari — davlat tomonidan mudofaa va ehtiyot maqsadlarida yaratiladigan eng muhim turdagi xom ashyo, materiallar, yoqilgʻi, ayrim turdagi mashina va jihozlar, oziq-ovqat mahsulotlari zaxiralari (qarang Harbiy rezervlar). D.r. maxsus markazlashtirilgan davlat fondi boʻlib, qatʼiy rejaga muvofiq tiklanadi va toʻldirib turiladi. D.r. favqulodda xrllarda faqat hukumatning maxsus qarori va farmoyishi bilan sarflanadi. Oʻzbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingina oʻz D.r.ni barpo etdi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |