Davlat zayomlari
Davlat zayomlari — byudjeti pul toʻplash maqsadida davlat nomidan sotish uchun chiqariladigan, davlatning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatli qogʻoz. Qarzni qoplash muddatlariga koʻra qisqa muddatli (1 yil), oʻrta muddatli (2—5 yil) va uzoq muddatli (5 va undan ortiq yillik) Davlat zayomlarilari boʻladi. Daromadliligiga qarab foizli va yutuqli, tarqatilish joyiga qarab mamlakatning ichki va xorijiy davlatlarga kredit tarzida beriladigan tashqi zayomlar mavjud.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |