Davlatlarning huquqiy vorisligi
Davlatlarning huquqiy vorisligi — bir davlat huquqlari va majburiyatlarining boshqa bir davlatga oʻtishi. D.h.v. masalasi quyidagi hollarda yuzaga keladi: 1) ijtimoiyiqtisodiy formatsiya oʻzgarishiga olib kelgan ijtimoiy inqilob sodir boʻlganda; 2) milliy ozodlik kurashi natijasida yangi mustaqil davlatlar paydo boʻlganda; 3) avvalgi davlat hududida — bir necha davlat tashkil topganda hamda ikki yoki bir necha davlat birlashuvi natijasida yangi davlat vujudga kelganda; 4) hududiy oʻzgarishlar roʻy berganda. D.h.v. yangi davlatlar uchun: xalqaro shartnomalarni qayta koʻrib chiqish, ularni bekor qilish, xalqaro tashkilotlarga aʼzo boʻlish, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish, mulkning xuquqiy vorisligini taʼminlash kabi masalalarni qaytadan hal qilishni taqozo etadi. 1978-yilda Davlatlarning shartnomalarga oid huquqiy vorisligi toʻgʻrisida Vena konvensiyasi qabul qilingan edi. 1983-yilgi Vena konvensiyasi esa davlat mulki, davlat arxivlari va davlat qarzlariga oid D.h.v. asosiy qoidalarini belgilab berdi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |