Davlatobod
Davlatobod — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Davlatobod — davlat hokimiyati tashabbusi yoki ishtiroki bilan obod qilingan mavze maʼnosini bildiradi[1]. Davlat soʻzining „mol-mulk, boylik“ maʼnosini ham anglatishi hisobga olinsa, toponimning boshqa maʼnosi — „obod mulk“ kelib chiqadi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.