Davrapoya — 1) davralar qatoridan tuzilgan bezak, shakl; 2) davra ravoqning shokilador boʻlaklaridan tashkil topgan turi. Kirish toqi (arki)ning umumiy nomi. D. peshtoqiga jimjimador bezaklar ishlanadi. Baʼzan kungurali, gulchambar nusxa naqsh bitilgan toqilar, yon qirralari va chekkasiga bezak ishlangan gumbazsimon yoki yarim aylana shaklidagi eshik va oynalar oʻrni ham D. deyiladi.

Tillakori madrasasi peshtoqidagi davrapoya bezagi.

Adabiyot tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil