Daxma — qabr ustiga oʻrnatilgan meʼmoriy inshoot. Baʼzi yuqori tabaqali kishilar koʻmiladigan alohida bino, hovlilar ham daxma deyilgan. Ular qimmatbaho, mustahkam toshlardan ishlanib, goʻzal va nafis naqshlar bilan bezatilgan. Samarqanddagi Goʻri Amirda Amir Temur avlodlari uchun, Qoʻqonda Qoʻqon xonligi hukmdorlari xonadoni va Buxoroda hukmron sulola vakillarining xonadoni uchun daxmalar bor (qarang Daxmai shohon). Bunday daxmalar boshqa joylarda ham uchraydi.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil