Dayton bayrogʻi (Ogayo)
Dayton bayrogʻi, Ogayo shtati, (Amerika Qoʻshma Shtatlari) 2021-yil 15-dekabrda qabul qilingan va Catapult Creative nomli Dayton dizayn va marketing firmasi tomonidan yaratilgan[1].Bayroq dizayni va uning ahamiyatini jamoatchilikka tushuntirish uchun olingan videoga $4300 (2023-yildagi $4800 qiymatiga teng) mablagʻ sarflangan.
Dayton bayrogʻi (Ogayo) | |
---|---|
Mamlakat | Dayton (AQSH,Ogayo) |
Mutanosibligi | 3:5 |
Qabul qilindi | December 15, 2021 |
Bayroq mualliflari | Catapult Creative |
Dizayn
tahrirBayroq dizayni qisman Wright Flyer samolyotining qanotlaridan ilhomlanilgan boʻlib, bayroqda flyer tasvirini aks ettirish gʻoyasi mavjud boʻlgan, ammo bu gʻoya abstrakt shaklda qoʻllangan. 19,5° burchakdagi tasmalari bayroqni uch qismga ajratib turadi. Bayroqning pastki tomonida yashil tasmali qism Daytonning „Gem City“ („Marvarid shahar“) laqabini ifodalaydi va shahar ahlining matonat va chidamlilikka asoslangan jamoa sifatida tan olingan obroʻsini namoyish etadi[2]. Oʻtkir koʻk tasma, kanton uzunligining 1/2(yani yarim) qismidan boshlanib, pastki burchakka qadar davom etadi va Daytonning suv yoʻllarini ifodalaydi. Yuqori uchdan bir qismida ochiq koʻk va oq chiziqlar namunasi mavjud boʻlib, ochiq koʻk osmonni ifodalaydi, va oq chiziqlar Dayton hududidagi beshta daryoni ifodalovchi tasma hosil qilgan.
Bayroq dizayni gʻoyalari jamoatchilik tomonidan taqdim etilgan, jumladan, 10% Dayton davlat maktablari oʻquvchilaridan kelib tushgan, bu yerda eng koʻp dizayn takliflarini Cleveland boshlangʻich maktabi topshirgan, bu haqida shahar hokimining idorasi maʼlum qilgan. Dizayn gʻoyalari qoʻmitaga taqdim etilgan, ular orasidan yettita yakuniy dizayn tanlangan, va shahar komissiyasi uchta yakuniy dizaynni tanlagan. Catapult Creative firmasi jamoatchilik fikrini oʻrganish va shu fikrlarga asoslanib bayroq yaratish uchun yollangan.
Tarixi
tahrirGriep bayrogʻi
Dayton 1917-yil 15-avgustda birinchi bayrogʻini qabul qildi. Bayroq vertikal uchta chiziqdan iborat boʻlib, ikki tomonida apelsin rangida va oʻrtada katta oq chiziqdan iborat edi. Oʻrtadagi chiziqda oq va qora chiziqlar bilan oʻralgan Wright Flyer samolyotining qoramtir silueti tasvirlangan edi, bu yerda dunyoni (yer sharini) ifodalash uchun ishlatilgan. „DAYTON“ nomi qora chiziqlar ichida yozilgan edi. Bayroqni avvalgi yili Mabel Griep, Steele oʻrta maktabida sanʼat oʻqituvchisi boʻlgan shaxs tomonidan loyihalashtirilgan. Griepning taʼkidlashicha, koʻk rang sadoqatni, oq rang fuqarolik adolatini va apelsin rangi qishloq xoʻjaligi resurslarini ifodalaydi[3][4][5] .
Bayroq tasvirlangan shahar farmonida xuddi bayroq kabi shaharning toʻq sariq va oq rangli tasmalari bor boʻlgan vimpi(bayrogʻi) ham tasvirlangan. Oq tasmada machtadan boshlanib bayroq uchigacha kichrayib boruvchi toʻq koʻk rangdagi „Dayton“ nomi bor edi[3].
Spahr–Kress bayrogʻi
1956-yil 23-yanvarda Dayton hududining Savdo palatasi shahar komissiyasiga bayroqni yangilashni koʻrib chiqishni taklif etdi, soʻngra 1958-yilda yangi bayroq tanlash uchun tanlov oʻtkazildi. 1958-yil 11-iyunda olti kishidan iborat qoʻmita Michael J. Spahr va Karen Kress tomonidan taqdim etilgan ikki dizaynni birlashtirib tanladi. Bayroqda qirollik koʻk rangdagi maydon ustida boʻlib, ustida kulrang globus va oq chiziqlar bilan Wright Flyer tasvirlangan edi, bu aviatsiya sanoatining global yutuqlarini ifodalaydi. Bayroqdagi globus oq tishli gʻildirak bilan oʻralgan, bu esa Daytonning ishlab chiqarish markazi sifatida tasvirlangan. Bayroqda „DAYTON“ nomi oq rangli harflar bilan yozilgan edi[6].
2021-yilgi qayta dizayn
2018-yilda, Mer (shaharning yoki qishloqning rahbari, inglizchada ''Mayor'') Nan Whaley, Roman Marsning TED taqdimotidagi maʼruzasini eshitgandan soʻng, bayroqni almashtirish uchun qoʻmita tuzdi. 2019-yil 1-oktabrdan 9-dekabrgacha, 20 kishidan iborat qoʻmita asosan Miami Valley hududidan 312 taklif oldi. Qoʻmita takliflar 1:1.67 nisbatiga ega boʻlishini va Shimoliy Amerika Veksillologiya Assotsiatsiyasining bayroq dizayni boʻyicha beshta prinsipi asosida boʻlishini talab qildi. 2020-yilda shahar komissiyasi va Mer uchta tanlovni qildi. Bayroq boʻyicha dizaynlari tanlangan uchta finalchi Elizabeth Adams, Cecelia Freeman va Larry Collins edi. Jamoatchilik fikr-mulohazalariga asoslanib, finalchilarning dizayni yangi bayroq sifatida tanlanishi yoki grafik dizaynerlar finalchilarning dizaynlarini yangi dizaynga qoʻshishi kerak edi. Gʻolib dizayn uchta finalchi orasida boʻlmagan dizayn boʻlib, 2021-yil 15-dekabrda eʼlon qilindi [7][8]. Avvalgi bayroq „hurmatli bayroq“ deb qayta belgilandi.
Foydalanilishi
tahrirDayton bayrogʻi shahar hokimiyati binosi oldida, AQSh bayrogʻining chap tomonida turadi. Dayton bayrogʻi bir necha jamoat muassasalari, jumladan, shahar hokimiyati, Dayton metrosining va shahar kutubxonasining asosiy kutubxonasi oldida turadi[9].
Oʻxshash bayroqlar
tahrirAtrofdagi Montgomery okrugining bayrogʻida ham Wright Flyer tasvirini oʻz ichiga oladi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Dayton uchta finalchi orasida aniq kelishuv bo‘lmagach, yangi shahar bayrog‘ini namoyish etdi“ (en). WHIO TV 7 and WHIO Radio. Qaraldi: 2024-yil 9-avgust.
- ↑ „Shahar Bayroq Loyihasi va dizayn jarayon | Dayton, OH“. www.daytonohio.gov. Qaraldi: 2024-yil 11-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 "Dayton's flags salute aviation pioneers". Flagwaver. 11-avgust, 2024-yil. http://gwav.tripod.com/issue_20.htm.
- ↑ Schaller, Maggie „Dayton shahri bayrog‘ini taqdim etishPresentation“. Dayton shahri (2019-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-avgust.
- ↑ Frolik, Cornelius. „Dayton ko'proq shahar bayrog'i dizaynlarini qidirmoqda: Soddaroq, ajralib turadigan va kuchni aks ettiradigan bo'lsin“ (2019-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 11-avgust.
- ↑ Reynolds, Jason. „Dayton yangi bayroq dizayn qilishda yordam so‘rayapti“ (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2024-yil 11-avgust.
- ↑ Daytonning yangi bayrogʻi faxr bilan uchmoqda!
- ↑ Dayton shahri yangi bayrogʻini taqdim etdi(12-15-21)
- ↑ Hissong, Rod. „O‘zgarish vaqti keldi: Dayton shahar bayrog‘ini qayta dizayn qiladi“. Spectrum News (2019-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 16-avgust.