Deadpool (talaffuzi: Dedpul) 2016-yilda ekranlarga chiqqa hamda 20th Century Fox va Marvel Entertainment studiyalari tomonidan ishlangan superqahramon janridagi AQSh filmidir. Kartina Deadpool haqidagi filmlar turkumining birinchisi, Gʻaroyib odamlar filmlar seriyasining toʻqqizinchi toʻliq hajmli filmidir. Film rejissori Tim Miller boʻlib, kartinada Morena Baccarin, Ed Skrein, T. J. Miller, Gina Carano va Brianna Hildebrand rol oʻynashgan.

Deadpool

Film posteri
Rejissyor(lar) Tim Miller
Ssenariynavis(lar)
Rollarda
Bastakor(lar) Tom Holkenborg
Kinematografiya Ken Seng
Muharrir(lar) Julian Clarke
Studiya(lar)
Distribyutor 20th Century Fox
Chiqarilgan sanasi
  • 8-fevral, 2016-yil(2016-02-08) (Le Grand Rex)
  • 12-fevral, 2016-yil(2016-02-12) (AQSh)
Davomiyligi 108 daqiqa[1]
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Til inglizcha
Byudjeti $58 million[2]
Daromadi $783.1 million[2]
Keyingi film Deadpool 2

Deadpool filmi umumjahon boʻylab $783 million jamgʻarishga muvaffaq boʻldi va 2016-yildagi toʻqqizinchi eng kassabop film boʻldi. Film sikveli, yaʼni davomi Deadpool 2ning 2018-yil may oyida premyerasi boʻlib oʻtdi.

Mazmuni tahrir

Wade Wilson yollanma jangchi boʻlib, pul evaziga odamlarning dushmanlarini adabini berar edi. U barda fohishalik bilan shugʻullanuvchi Vanessa bilan tanishib qoladi va Vanessa bilan jinsiy aloqada boʻlganidan soʻng, Wilson uni yoqtirib qoladi. Wilson va Vanessa bir yil mobaynida bir-birlari bilan uchrashib yurishadi. Bir yildan soʻng esa Wilson Vanessaga turmushga chiqishni taklif qiladi. Uning taklifiga Vanessa rozi boʻladi. Ammo, keyinchalik Wilsonda saraton kasalligi borligi aniqlanadi. Bundan sarosimaga tushgan Wilson Vanessani ogohlantirmasdan tashlab ketib qoladi. Vanessa esa uni oʻldi deb taxmin qiladi.

Sirli yollanma kishi Wilsonga yaqinlashib, uning saratonini eksperimental davolanishni taklif qiladi. Wilson rozi boʻladi va yollanma kishi uni Ajax va Anxel Dustning tajribaxonasiga olib boradi. Ajax Wilsonga yashirin mutant genlarini uygʻotish uchun moʻljallangan zardobni yuboradi. Zardobning samarasini koʻrish uchun ular Wilsonga kuchli azob berishadi. Bu qiynoqlar stressni keltirib chiqarishi va har qanday mutatsiyaga undashi kerak edi. Wilson Ajaxning haqiqiy ismi Francis ekanligini bilib, uni masxara qilganida, Ajax Wilsonni hyberbarik xonada qoldirib, uni dam olish kunlarida vaqti-vaqti bilan asfiksiya ostonasiga olib boradi. Bu nihoyat saratonni davolaydigan gʻayritabiiy shifo qobiliyatini faollashtiradi, ammo bu Wilsonning butun vujudida kuyish kabi yaralar qoldiradi. U palatadan qochib, Ajaxga hujum qiladi, lekin Ajax Wilsonni yengadi va uni yongʻinda qolgan laboratoriyada oʻlik holda qoldiradi.

Wilson tanasida mutatsiya faollashgani tufayli tirik qoladi va Vanessani izlaydi. Uning yangi qiyofasiga boʻlgan munosabatidan qoʻrqqan Wilson, Vanessaga tirikligini bildirmaydi. Wilson eng yaqin doʻsti boʻlgan Weesel bilan maslahatlashgandan soʻng, oʻzini bu ahvoldan qutqarish uchun Ajaxni qidirib topishga qaror qiladi. Wilson qizil va qora tusdagi kiyimda niqoblanib yuradi va oʻziga „Deadpool“ deb nom beradi (Ushbu nomni Weesel oʻzining barida bergan edi). Wilson Al ismli keksa soʻqir ayolning uyiga koʻchib oʻtadi. U Ajaxning koʻplab odamlarini soʻroqqa tutadi va oʻldiradi. U yollanma kishini ham topadi va uni ham oʻldiradi. Deadpool ekspress-trassada Ajax va uning qurollangan jamoasini yoʻlini toʻsib qoʻyadi. U Ajaxdan tashqari barchasini oʻldiradi va undan davolanishni talab qiladi, ammo X-Men aʼzolari hisoblanmish Colossus va uning kursanti Neasonic Teenage Warhead unga xalaqit berishadi. Colossus Deadpooldan yaxshi yoʻlga oʻtishini va X-Menga qoʻshilishini soʻraydi. Ushbu chalgʻituvchi narsalardan foydalanib, Ajax qochib ketadi. Keyin Deadpool Weeselning bariga boradi, u yerda u Vanessani koʻrib qoladi.

Ajax Vanessani oʻgʻirlaydi va uni skrapyardagi haroba joyga keltiradi. Deadpool Vanessani qutqarish maqsadida, Colossus va Neasonicdan yordam soʻraydi va ular yordam berishga qaror qilishadi. Ular Anxel Dust va bir necha askar bilan jang qilishadi, Deadpool esa Ajaxga qarshi kurashmoqda. Jang paytida, Neasonic tasodifan helikariyerni barqarorlashtiradigan uskunani yoʻq qiladi. Buning natijasida kema qulab tushish holatiga kelib qoladi. Deadpool Vanessani qulab tushayotgan kemadan asrab qoladi, Colossus esa Neasonic va Anxel Dustni xavfsiz joyga olib boradi. Ajax yana Deadpoolga hujum qiladi, ammo u yengiladi. U Deadpoolga hech qanday davo yoʻqligini aytadi. Colossusning iltijosiga qaramay, Deadpool uni oʻldiradi. Deadpool endilikda oqkoʻngil qahramon boʻlishga harakat qilishni vaʼda qilmoqda. Vanessa Wilsonning tashlab ketgani uchun gʻazablansa-da, u bilan yarashadi.

Manbalar tahrir

  1. Deadpool (15)“. British Board of Film Classification (31-yanvar 2016-yil). 6-oktabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-noyabr 2016-yil.
  2. 2,0 2,1 „Deadpool (2016)“. Box Office Mojo. Qaraldi: 21-dekabr 2016-yil.

Havolalar tahrir

Olimjonova Risolat 22.12.2022

Rasmiy sayti tahrir