Debit
Debit (fransuzcha: „debit“ — oʻtkazmoq) — burgʻilash quduqlari, buloqlar va konlardan maʼlum vaqt birligida chiqadigan suyuqlik (mineral suv, neft va hokazo) yoki gaz hajmi. Suyuklik uchun debit sekundiga litr (oniy debit) yoki sekundiga (soatiga, sutkasiga) kub metr (yigʻindi debit)larda oʻlchanadi. Daryoning koʻndalang kesim yuzi orqali vaqt birligida oqib oʻtadigan suv hajmiga suv sarfi deb ataladi. Suyuqlik uchun debit suv oʻlchagichlar yordamida aniqlanadi. Gaz sutkasiga kub metr bilan oʻlchanadi va anemometr bilan aniqlanadi. Suyuqliklar debitini oʻlchash uchun Venturi tipidagi suv oʻlchagich qoʻllanadi. Suv havzasi tubida ajraladigan gazdan namuna olishning eng oddiy usulida debit maʼlum hajmli idishning toʻlish vaqtiga qarab aniqlanadi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |