Def Jam Recordings (shuningdek, oddiygina Def Jam nomi bilan ham tanilgan) — „Universal Music Group“ga tegishli Amerika koʻp millatli ovoz yozish leybli. U Nyu-Yorkning Manxetten shahrida joylashgan boʻlib, asosan hip-hop, R&B, soul va popga ixtisoslashgan.

Def Jam Recordings
Turi Hip hop • R&B
Sanoat Universal Music Group
Ishga tushgan sanasi 1984
Joylashuvi Qo'shma Shtatlar
Asoschi(lar)i Rick Rubin • Russell Simmons
Prezidenti Tunji Balogun
Bosh mahkamasi Nyu York Siti
Vebsayti defjam.com

Leybl oldin Londonda joylashgan va Buyuk Britaniyada „0207 Def Jam“ nomi bilan tanilgan va hozirda EMI Records tomonidan boshqariladi. Def Jam turli leybl nashrlarini tarqatadi, jumladan Kanye Westning GOOD Music ovoz yozish leybli ham[1][2]. Leyblning hozirgi ijodkorlari orasida Justin Bieber, Kanye West, Toya Jonson, Nasty C, 2 Chainz, Dave East, Jeezy, Jeremih, Jhené Aiko, Young Gotit, YK Osiris va boshqalar bor.

Tarixi

tahrir

Def Jam Nyu-York universitetidagi Vaynshteyn zalidagi yotoqxonasida Rick Rubin tomonidan asos solingan[3] va leyblning birinchi singli „Hose“ rok guruhiga tegishli boʻlgan. Def Jam Recordings birinchi ijodlari LL Cool J’ning „I Need a Beat“ va Beastie Boysning „Rock Hard“ qoʻshiqlari edi, ikkalasi ham 1984-yilda chiqarilgan. Singllar yaxshi sotilganligi sababli „Columbia Records“ orqali CBS Records bilan ijodlari sotish uchun shartnoma imzolashgan.

Keyinchalik „OBR Records“ ovoz yozish leyblini yaratilishiga olib keladi. OBR Records (qisqartmasi Original Black Recordings) R&B sanʼatkorlari uchun moʻljallangan — va bu leybl bilan birinchi hamkorlikni boshlagan ijodkor Oran „Juice“ Jons boʻlib, u oʻzining xit singli „The Rain“ bilan muvaffaqiyat qozongan. Bir necha yil oʻtgach, Russell Simmons va Lyor Koen „Def Jam“ni boshqarish uchun Rush Associated Labels nomli leyblni yaratishgan. Def Jam birinchi va yagona metal (musiqa turi) guruhi „Slayer“ bilan 1986-yilda shartnoma uchun imzo chekdi va guruhning uchinchi va toʻrtinchi albomlari uchun asosiy ovoz yozish studiya hamkori edi. Oʻn yillik yakuniga yetib borar ekan, Leybl Public Enemy (hip hop guruhi) bilan shartnoma imzoladi. Lyor Koen 1988-yilda Rubin bilan kompaniya boshqaruvi uchun kurashda gʻalaba qozonganidan soʻng „Def Jam/RAL“ prezidenti boʻldi, Rubin kompaniyani tark etganidan keyin „Def American Recordings“ni tashkil qiladi.

1991-yilda „CBS Records“ yapon elektron giganti Sony musiqa boʻlimiga aylantirildi[4][5].1992 yilga kelib, Public Enemy va EPMD-dan soʻnggi bir necha marta platina sotilgan relizlarga qaramay, Def Jam katta moliyaviy muammolarga duch keldi[6][7].

Prezidentlar

tahrir
  • Lyor Cohen (1988-1998)
  • Kevin Liles (1998-2005)
  • Jay-Z (2005-2007)
  • L.A. Reid (2007-2012)
  • Joie Manda (2012-2013)
  • Steve Bartels (2013-2017)
  • Paul Rosenberg (2018-2020)
  • Jeffrey Harleston (2020-2022)
  • Tunji Balogun (2022-hozirgacha)

Mashxur Ijodkorlar

tahrir

Diskografiya

tahrir
Ijodkor Nomi Chiqarilgan yili Sertifikatlar
Hose Hose 1983
Ijodkor Nomi Chiqarilgan yili Sertifikatlar
T La Rock va Jazzy Jay „Itʼs Yours“ 1984
LL Cool J „I Need a Beat“
Beastie Boys „Rock Hard“
  • Alessia Cara — In the Meantime
  • Blade Runner: Black Lotus (Soundtrek)
  • Fredo Bang — Still Most Hated
  • Tyhzaei — Noir
  • Turli xil ijodkorlar — Coming 2 America
  • Jhené Aiko — Sailing Soul
  • Justin Bieber — Justice
  • Logic — Bobby Tarantino III
  • DMX — Exodus
  • Bobby Sessions — Manifest
  • Goon des Garcon — Sheesh!
  • Fredo Bang — Murder Made Me
  • Roddy Rackzz — Realest Richest Youngin
  • Kanye West — Donda
  • Big Sean va Hit-Boy — What You Expect
  • Snoop Dogg — Algorithm
  • Saint Bodhi — Antisocial
  • La the Goat — 813 Day
  • Ai — Itʼs All Me, Vol. 2
  • 2 Chainz — Dope Donʼt Sell Itself
  • Kajo — Cold Places[15]
  • Queens — ABC Serial[16][17]
  • Benny the Butcher — Tana Talk 4
  • Jeremih — Late Nights with Jeremih[18]
  • Pusha T — Itʼs Almost Dry
  • Ai — Dream
  • Logic — Vinyl Days

Manbalar

tahrir
  1. Breihan, Tom „Kanye's G.O.O.D. Music Signs With Def Jam“. Pitchfork. Qaraldi: 2015-yil 1-fevral.[sayt ishlamaydi]
  2. „Kanye West's G.O.O.D. Music Signs Worldwide Deal With Island Def Jam“. Billboard. April 8, 2013da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: February 1, 2015.
  3. Herschberg, Lynn.. „The Music Man“. New York Times Magazine (2007-yil 2-sentyabr).
  4. Reuters. „CBS Records Changes Name“ (en-US). The New York Times (1990-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  5. „CBS Records to Change Name to Sony Music Entertainment“ (en). AP NEWS. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  6. Reuters. „CBS Records Changes Name“ (en-US). The New York Times (1990-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  7. „CBS Records to Change Name to Sony Music Entertainment“ (en). AP NEWS. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  8. Caramanica, Jon. „Alessia Cara Speaks Up for the Outsiders on 'Here'“. The New York Times (2015-yil 19-may). Qaraldi: 2015-yil 1-iyun.
  9. Inman, DeMicia „Coco Jones Says New Music Is Coming As 'Bel-Air' Continues“ (en-US). VIBE.com (2022-yil 3-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  10. Coco Jones Talks Signing To Def Jam Records (inglizcha), qaraldi: 2022-03-21
  11. Milca P. „Fredo Bang Connects With Tay Keith On "Face Down"“. HotNewHipHop (2019-yil 6-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
  12. Michael Saponara. „SOB X RBE Links With Hit-Boy for New 'Family Not a Group' Project: Listen“. Billboard.com (2019-yil 17-aprel). Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
  13. Riley Wallace. „Singer Kaash Paige Talks 'Love Songs' & Def Jam Debut“. HipHopDX (2019-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 18-fevral.
  14. „Def Jam Boosts A&R Department, Announces New Deals With YK Osiris, Ronny J“. Billboard.
  15. Cold Places by Kajo (ingliz (Amerika)), 2022-02-25, qaraldi: 2022-03-21
  16. Paul, Larisha „Eve, Brandy, Naturi Naughton & Nadine Velazquez Share New Songs From ABC Series 'Queens'“ (en-US). uDiscover Music (2021-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  17. says, JackS „First Songs from ABC's 'Queens' Soundtrack Released | Film Music Reporter“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.
  18. Grant, Shawn „Jeremih's 'Late Nights with Jeremih' Mixtape Hits Streaming on 10th Anniversary“ (en-US). The Source (2022-yil 11-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-mart.