Kanye West
Kanye Omari West (8-iyun, 1977)[1] amerikalik rapper, qoʻshiqchi va produserdir. West oʻz ishini Roc-A-Fella Recordsda produserlik bilan boshlab, Jay-Z, Alicia Keys, Ludacris, R. Kelly va Janet Jackson kabi musiqachilar bilan ishlagan.
Kanye West | |
---|---|
![]() Kanye West, AQSh, 2009 (Tribeca film festivalida) | |
Umumiy maʼlumot | |
Tugʻilgan paytidagi ismi | Kanye Omari West |
Tugʻilishi |
8-iyun 1977-yil (43 yosh) |
Faoliyat yillari | 1996–bugun |
Janr | Hip hop |
Amplua | produser, rapper, vokal |
Sayt | kanyewest.com |
West 2004-yili The College Dropout nomli albomini chiqarib, qoʻshiqchilik karyerasini boshlaydi. Uning ikkinchi albomi Late Registration 2005-yilda, keyingi albomi Graduation 2007-yilda, toʻrtinchi albomi 808s & Heartbreak esa 2008-yilda omma eʼtiboriga havola etiladi. Kanye West bu albomlari uchun oʻn ikki Grammy Award mukofotini yutib,[2][3][4] munaqqidlar tomonidan ijobiy baholandi.[5]
ManbalarTahrirlash
- ↑ "Kanye facts!"
- ↑ "2005 Grammy Award Winners"
- ↑ "List of Grammy winners"
- ↑ "50th Annual Grammy Awards Winners List", archived from the original on 2008-04-04, https://web.archive.org/web/20080404005333/http://www.grammy.com/GRAMMY_Awards/50th_show/list.aspx, qaraldi: 2008-04-04
- ↑ "Kanye West", Metacritic.
HavolalarTahrirlash
Wikimedia Commonsda Kanye West mavzusiga oid fayllar bor. |