Deflektor
Deflektor (lot. defl ecto — ogʻdiraman, olib ketaman) — 1) ventilyasiya (shamollatish) yoki tutun moʻrisiga oʻrnatiladigan havo tortish qurilmasi; bino va shaxtalarning shamollatilishini tezlashtiradi, qozon va pechkalar moʻrisining havo tortishini yaxshilaydi; 2) gaz, suyuqlik, tovush toʻlqinlari va b. yoʻnalishini oʻzgartiradigan moslama; 3) magnit kompasi deriva-siyasi (kema, samolyot va b.da temir hamda elektromagnit maydon taʼsirida kompas magnit milining meridiandan ogʻish hodisasi) ni oʻlchaydigan va uni bartaraf qiladigan asbob.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |