Defolt (ingliz. default - majburiyatlarni bajarmaslik) — kredit shartnomasini bajarmaslik, yaʼni qarz majburiyatlari yoki obligatsiyali kredit shartnomasi boʻyicha foizlarni yoki asosiy qarzni oʻz vaqtida toʻlamaslik, to'lay olmaslik.

Defolt kompaniyalar, jismoniy shaxslar va davlatlar („suveren defolt“) tomonidan oʻz majburiyatlarini toʻliq yoki qisman bajara olmayotganda eʼlon qilinishi mumkin. Qarz beruvchi tomonidan qarz oluvchiga eʼlon qilinadigan defolt turi — texnik defolt.

Korporativ defolt

tahrir

Korporativ defolt korporativ huquqning muhim kontseptsiyasi boʻlib, bir tomondan, vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan kompaniya uchun himoya mexanizmi (raqiblar tomonidan moliyaviy „yutib yuborilishidan“ himoya qilish, reyderlar tomonidan kuch bilan egallab olinishdan himoya qilish va boshqalar), boshqa tomondan esa, kreditorlarni kompaniyalar kreditlar boʻyicha shartlarni bajarmasligidan himoya qiladi.

Defolt turlari

tahrir

Defoltning ikki xil turi mavjud: oddiy defolt (bankrotlik) va texnik defolt.

Oddiy defolt — qarz oluvchining oʻz majburiyatlarini bajara olmasligini, bankrotligini anglatadi. Agar bu kompaniya boʻlsa, u holda keyingi bosqichlarni (kompaniyani butunlay sotish, kompaniyani qismlarga boʻlib sotish va boshqalar) belgilaydigan arbitraj menejeri tayinlanadi. Defolt jismoniy shaxs tomonidan eʼlon qilingan holda, bunday qarzdorga nisbatan harakatlar defolt eʼlon qilinganidan soʻng milliy qonunchilik bilan tartibga solinadi, lekin koʻpincha oddiy odamlar qonun bilan himoyalanadi. Agar davlat defolt („suveren defolt“) eʼlon qilsa, u holda qarzlar va nizolar xalqaro darajada hal qilinishi koʻzda tutiladi.

Texnik defolt emitentning (qarz oluvchining) oʻz irodasiga qarshi toʻlov imkoniyatining yoʻqligi sababli yuzaga keladi, kelajakda bu holat tomonlarning oʻzaro kelishuviga muvofiq hal qilinishi kerak[1]. Texnik defolt — bu hozirda qarz oluvchi kredit shartnomasi shartlarini bajarmaganligi, ammo jismoniy jihatdan, kelajakda ushbu shartnomani bajarishi mumkin boʻlgan holat. Shartnoma shartlariga rioya qilmaslik deganda, foizlarni yoki qarzning asosiy qismini toʻlashdan bosh tortishni ham, shuningdek, zarur hujjatlarni (masalan, yillik hisobot) taqdim etishdan bosh tortish yoki kredit shartnomasining istalgan boshqa bandining buzilishini ham koʻzda tutish mumkin. Shu holatda qarz beruvchi qarz oluvchiga texnik defolt eʼlon qilishi mumkin. Qarz oluvchi va qarz beruvchining keyingi taqdiri qarzni toʻlamaganlik sabablari va keyinchalik oʻz mamlakati qonunchiligi asosida qarzni toʻlash imkoniyatini muvozanatga solish bilan bogʻliq. Koʻp holatlarda texnik defolt qarz oluvchining bankrotligiga olib keladi.

Tarixdagi korporativ defoltlar

tahrir

Korporativ defoltlar tarix davomida juda koʻp sodir boʻlgan boʻlib, koʻplab hukumatlar va jahon biznes gigantlari ham oʻz vaqtida texnik defolt holatiga tushgan.

Suveren defoltlarning oqibatlari keng koʻlamli boʻlishi mumkin: iqtisodiyotdagi tanazzul, inflyatsiyaning kuchayishi va milliy valyutaning devalvatsiyasi.

Suveren defoltlarga misollar:

Rossiya defolti 1998-yil[2],

Argentina defolti 2001-yil[3],

Meksika defolti 1982-yil,

Urugvay defolti 2003-yil[4],

Shimoliy Koreya defolti 1987-yil[5].

2015-yil 1-iyulda Gretsiya texnik defoltga kirdi[6].

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Defolt / B. A. Xeyfes // Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya : [v 35 t.] / gl. red. Yu. S. Osipov. — M. : Bolshaya rossiyskaya ensiklopediya, 2004—2017.