DEGA (Degas) Iler Jermen Edgar (1834.19.7 - Parij - 1917.27.9) - fransuz rassomi va haykaltaroshi, impressionizmning yetuk namoyandasi. Parijdagi nafis sanʼat maktabida taʼlim olgan (1855—56), Italiyada yashab Ilk uygʻonish davri sanʼatini oʻrgangan (1854—59). D. hayotni, zamonaviy shaharni va uning koʻchalari, maydonlarini, odamlari (holati, kayfiyatlari)ni oʻta sezgirlik bilan butun goʻzalligi va tabiiyligini haqqoniy aks ettirgan. D. asarlari nozik va aniq rasmi, shakllarni kutilmagan tarzda berilishi bilan ajralib turadi ("Qahvaxona ayvonidagi ayollar", 1877; "Yulduz", 1878; "Moviy raqqosalar", 1880—90 va b.). 1880-yillar oxiridan xaykaltaroshlikda ijod qilgan, raqqosalar, choʻmilayotgan ayollar, otlar va b. shakllarda lahzalik harakat, holatni nafis ifodalashga erishgan.

Adabiyot

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil