Degeres qoʻyi
Degeres qoʻyi — yarim mayin, uzun junli goʻshtdor-jundor qoʻy zoti. Olmaota viloyati (Qozogʻiston)dagi "Degeres" ot zdida shropshir, perekos zotlari qoʻchqorlarini dumbali jaydari sovliklar bilan chatishtirib yetishtirilgan (akad. V. A. Balmont, T. B. Bokenbayev, M. A. Aletov, A. V. Chelodnov). 1980 yildan zot tariqasida tasdiqlangan. D.q. yirik, mutanosib jussa tuzilishiga ega zot. Dumbasi va bir xil yarim mayin juni bilan ajralib turadi. Choʻl va chala choʻl ikdimiga yaxshi moslashgan. Serpushtligi 92 — 120%. Koʻchqorlarining vazni 90—110 (ayrimlari 135 kg), sovliklariniki 58— 65 kg. Sovliklaridan 3—3,5 kg, qoʻchqorlaridan 6,5—7 kg jun qirqib olinadi. Bulardan 58—65% toza jun chiqadi. Juni oq, uzun (qoʻchqorlariniki 14— 16 sm, sovliklariniki 9—11 sm), si-fati va yigirilish xususiyati aʼlo darajada. 1959 yildan D.q. Oʻzbekistonga keltirilgan. Goʻsht-yogʻ yoʻnalishidagi dumbali mahalliy jaydari qoʻylar bilan chatishtirilgan, lekin tajribalar kutilgan natijalarni bermadi. D.q. qoʻchqorlaridan dumbali qoʻy zotlarini yaxshilashda foydalanilgan.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |